So’nggi yangiliklar

10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  1 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  1 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  10 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  7

Rustam Ashurmatov: “Gadoevga 22-raqamni bermoqchi emasman” Yangiliklar

Rustam Ashurmatov: “Gadoevga 22-raqamni bermoqchi emasman”

“Bunyodkor” himoyachisi Rustam Ashurmatov O'zbekistonda faqat “qaldirg'ochlar” safida harakat qilishi mumkinligini takidlab o'tdi.

- “Bunyodkor” bilan tog'da, CHimyonda tayyorgarlik ko'rdik. Menimcha, hammasi reja asosida va yaxshi ketmoqda. Jamoaviy o'yinni yanada shakllantirib, yanada kuchaytirishimiz lozim. Murabbiylarimiz shu ustida ish olib borishmoqda. SHohruh Gadoev jamoamizga kelib qo'shildi. O'ylaymanki, Gadoev ham tezda o'yinimizga moslashib ketadi. Gadoev “Bunyodkor”ni kuchaytira oladimi? Menimcha, ha. CHunki har bir futbolchining o'ziga yarasha kuchli taraflari bo'ladi. Aynan shu jihatlarini namoyish eta olsa, o'ylaymanki, uning xizmatlari “qaldirg'ochlar”ga ko'p naf keltiradi. Gadoev “Nasaf”da ko'p yillar o'ynagan, yaqinda Bahraynda o'ynab qaytdi. Uning tajribasi etarli. SHohruh bilan yig'in jarayonida yaqindan tanishib, ancha do'stlashib ketdik.

22-raqam? Gadoev mendan bu raqamni so'ragani yo'q, agarda so'rasa ham ushbu raqamni hozira Gadoevga bermayman. (kuladi)

Boshqa jamoalardan takliflar? Yo'q, hozircha hech qanday takliflar bo'lgani yo'q. O'zbekistonda “Bunyodkor”dan boshqa jamoaning takliflari meni qiziqtirmaydi. Faqatgina xorijdan taklif bo'lsagina buni o'ylab ko'rishim mumkin. “Bunyodkor” bilan amaldagi shartnomam 2018 yilga qadar mo'ljallangan.

MTJga chaqirilmayotganim meni havotirga soladimi? Yo'q. Asosiy tarkib futbolchisi sifatida o'ynay boshlaganimga endi 1,5 yil bo'ldi. Hali hammasi oldinda, deb o'ylayman.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика