Rustam Akramov: "Noyabrda tayyorgarlik boshlanganida natija boshqacha bo'lardi"
21 jan 2014 12:44
Yangiliklar

Rustam Akramov: "Noyabrda tayyorgarlik boshlanganida natija boshqacha bo'lardi"
O'zbekiston yoshlar terma jamoasining Ummondagi ishtiroki etarlicha etirozlarga sabab bo'lmoqda.
O'FF terma jamoalari texnik direktori, yoshlarimiz bilan Ummonga birga borib kelgan mutaxassis Rustam Akramovdan aynan shu mavzuda intervyu oldik.
- Rustam aka, terma jamoamizning muvaffaqiyatsiz ishtirokini bevosita qatnashchi sifatida qanday baholaysiz?
- Hozir nimaiki gapirsam, o'quvchilarga bahonadek tuyulishi mumkin. Lekin aytar so'zlarim fakt va buni inkor etib bo'lmaydi. Nafaqat O'zbekistonda, balki Markaziy Osiyo davlatlarida ham milliy chempionat o'yinlari noyabr oyida o'z yakuniga etadi. Tabiiyki, qish quruq va sovuq keladi. Bu paytda aksariyat futbolchilarimiz tatilga chiqishadi va asosan yanvar oyidan mashg'ulotlarga qaytiladi. O'zi azaldan yanvar oyi biz uchun noqulay vaqt bo'lib kelgan. Men Ummonda OFK vakillari bilan uchrashuvimiz chog'ida ham bu haqda aytdim va yanvar oyida musobaqa o'tkazib bo'lmasligini qayta-qayta takidladim. Keyin bu paytda klublardan terma jamoaga nomzod futbolchilarni ham olib ketish noto'g'ri. SHu masalada Saudiya Arabistoni futbol federaciyasi va mamlakat klublari o'rtasida mojaro ham yuzaga keldi. Klublar o'z futbolchilarini terma jamoa ixtiyoriga qo'yib yuborishni istashmadi. Federaciya esa buni talab qildi. Xullas, oxirida bir to'xtamga kelishdi. Bunday holatlar boshqa terma jamoalarda ham kuzatilgan. OFK vakillariga qita chempionatini aprel oyida o'tkazish eng maqbul vaqt ekanligini aytdim...
- SHunday deysiz-u, lekin milliy terma jamoamiz 2011 yilgi Osiyo Kubogiga bir oydan oshiqroq vaqt mobaynida munosib tayyorgarlik ko'rib, yakunda ijobiy natija qayd etgandi. Buni yoddan chiqarmadingizmi?
- To'g'ri, natijamiz ijobiy bo'lgandi. Lekin musobaqadan keyin asosiy tarkibning bir necha nafar futbolchilari jarohat olib, safdan chiqishgandi. Bir musobaqaga bir oy davomida kuchli bosim ostida tayyorgarlik ko'rasiz. Bu o'z natijasini beradi, ammo mart va aprel oylariga borib, o'sha futbolchilarda toliqish alomatlari ko'zga tashlanib qoladi. Jarohat olishga moyil bo'lib qolishadi. Buni amaliyotda ham ko'rdik.
- Sizningcha, bosh murabbiy terma jamoani boshqarishga munosibmi?
- Ha. SHaxsan men shunday deb o'ylayman. SHuhrat mening shogirdim va men uning imkoniyatlarini juda yaxshi bilaman. Qolaversa, Evstafeev bilan ham juda yaxshi munosabatdalar. O'zlari ham bu musobaqadan to'g'ri xulosa chiqarib olishgani aniq. Endi o'yinlarni ko'rgan bo'lsangiz, uchchala uchrashuvda ham darvozani ishg'ol qilish uchun ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldik. Ammo vaziyatni golga aylantira olmaslik pand berdi. Lekin mutaxassis sifatida bir narsani tan olaman, noyabr oyidan tayyorgarlikni boshlaganimizda natija umuman boshqacha bo'lardi. Ummondan sovrin o'rinlar yoki biryo'la kubok bilan qaytarmidik? Ammo buning hisobiga futbolchilarni yo'qotardik. O'z klublariga kerak paytda yaramay qolishardi.
- Muvaffaqiyatsizlikdan xulosa chiqariladimi?
- Albatta, xulosa chiqaramiz. Biz OFKga bunday nufuzdagi musobaqalarni yanvar oyida o'tkazmaslik bo'yicha rasmiy murojaat bilan chiqmoqchimiz.
Hali bu mavzu juda ko'p muhokama qilinadi. Biz ko'proq bu muhokamani O'FF hamda Terma jamoalar markazi mutasaddilari qilishlarini istardik. CHunki, biz tahlil qilganimizdan foyda yo'q. Ummondagi Osiyo chempionati biz uchun yaxshigina saboq bo'lishi lozim. Oldinda Olimpiada o'yinlarining saralash uchrashuvlari kutib turibdi. Agar shu zaylda ishlashda va munosabatda bo'lishda davom etilsa, natija qanday ko'rinishda bo'lishi kundek ravshan.
Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Fikrlar