Rustam Abdullaev: "Mag'lubiyatda mening aybim bor, muxlislardan uzr so'rayman"
19 iyu 2015 22:17
Yangiliklar

Rustam Abdullaev: "Mag'lubiyatda mening aybim bor, muxlislardan uzr so'rayman"
"Qo'qon-1912" - "Neftchi" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida Rustam Abdullaev ishtirok etdi.
"Neftchi"ni g'alaba bilan tabriklayman. Ketma-ket beshinchi bor mag'lub bo'ldik. Qora ananani buzishga urindik, bo'lmadi. Ikkita zarba, ikkita gol. Jamoamizga ozgina omad etishmayapti. Barcha futbolchilarga rahmat aytaman, qo'ldan keganicha o'ynashmoqda. Muxlislardan uzr so'rayman, mag'lubiyatlarda o'zimning ham aybim bor", - deydi Rustam Abdullaev.
"Qo'qon-1912" yangi jamoa, yangi futbolchilardan tuzilgan. SHu bois bizga vaqt kerak ekan. Bu davrdan o'ta olsak keyinchalik katta g'alabalarga erishamiz. Bosim ham kuchli bo'ladi, har bir o'yinda hech bir bahsda o'yin borasida emas faqat hisob bo'yicha yutqazayapmiz.
Bugun Sardor Eminovning yo'qligi ham o'yinimizga tasir qilmay qolmadi.

Fikrlar