So’nggi yangiliklar

02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  16 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2

Rustam Abdullaev: "Bunyodkor - Paxtakor o'yini qiziq o'tadi" Yangiliklar

Rustam Abdullaev: "Bunyodkor - Paxtakor o'yini qiziq o'tadi"

Ertaga oliy liganing 15-tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Unda bir qator qiziqarli o'yinlar bo'lishi kutilayotgan bahslar bor.
Xususan, poytaxt derbisi maqomini olgan "Bunyodkor" - "Paxtakor", azaliy raqiblar "Navbahor" - "Neftchi", liga debyutanlari "Guliston" - "So'g'diyona" qarama-qarshiligi va shuningdek "Olmaliq" - "Lokomotiv" o'yini ko'pchilik muxlislarda katta qiziqish uyg'otmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi. SHu bois 15-tur oldidan ayrim mutaxassislarning fikrlarini bilishga qiziqdik. Dastlab, taniqli murabbiy Rustam Abdullaevni yo'qladik. O'z vaqtida "Qo'qon-1912", "Navbahor" jamoalarida bosh murabbiylik qilgan mutaxassisning oxirgi jamoasi Toshkentning "Lokomotiv" klubi bo'lib turibdi. Bir necha yillar mobaynida "temiryo'lchilar" jamoasida turli lavozimlarda ishlagan Abdullaev bugungi kunda hech bir jamoada ko'rinish bermayapti.

- Rustam aka, avvalo Ramazon hayit bayrami bilan saytimiz xodimlari nomidan sizni muborakbod etamiz.
- Avvalo, sizlarga rahmat etibor uchun. Men ham o'z navbatida championat.asia sayti ijodkorlarini, qolaversa butun O'zbekiston ahlini ulug' ayyom bilan chin qalbimdan tabriklayman.

- Oliy liganing ikkinchi davra o'yinlari ham start oldi. CHempionat o'yinlarini kuzatib boryapsizmi?
- Garchi bugungi kunda uyda dam olayotgan bo'lsamda, ochig'i oliy liganing barcha o'yinlarini kuzatib borishni imkoni bo'lmayapti. Lekin chempionatimizda qayd etilayotgan natijalar va o'zshgarishlarga imkon qadar qiziqib turibman.

- SHanba kuni 15-tur doirasidan o'rin olgan bir qator qiziqarli o'yinlar borligidan xabaringiz bormi? Jumaladan, "Bunyodkor" - "Paxtakor" bahsi oldidan fikrlaringizni bilmoqchi edik.
- Bu o'yinga haqiqatdan ham qiziqish yuqori. Jamoalar faqat ochko olish uchun tushishi aniq. SHu bois bahs tomoshabop ruhda o'tishini tahmin qilish mumkin. "Paxtakor" bu yil anchagina yoshargan tarkib bilan o'ynamoqda. Lekin shunga qaramay, "sherlar" bu o'yinda g'alaba qozonishlari ham mumkin. "Bunyodkor"ga keladigan bo'lsak, juda barqaror va tajribali jamoa. Bundan tashqari "qaldirg'ochlar"ning bu o'yindagi yana bir ustun jihati, ular o'z maydonida o'ynaydi. Ko'ramiz, poytaxt derbisida qanday natija qayd etilar ekan.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика