Ruslan Koryan: Lokomotivga pulni deb kelganim yo'q
24 jan 2015 10:41
Yangiliklar

Ruslan Koryan: Lokomotivga pulni deb kelganim yo'q
Rossiya birinchi divizionida 17ta o'yinda 6ta gol urgan Luch-Energiya hujumchisi Ruslan Koryan katta ehtimol bilan faoliyatini Toshkentning Lokomotiv klubida davom ettirishi mumkin.
- Men Lokomotiv bilan BAAdagi yig'inda ishtirok etdim: uchta nazorat bahsida ikkita gol urdik, - deydi 25 yoshli futbolchi Sportbox.ru nashriga.
- Mashg'ulotlar asosan qumda o'tdi, formani yaxshilash uchun foydalik. Nima uchun Lokomotiv? Pul tufayli emas, agar pul birinchi o'rinda bo'lganida Qozog'iston klubidan tushgan taklifni qabul qilardim. Rossiya birinchi divizionidagi boshqa klublar esa menga jiddiy qiziqishmadi. Lokomotiv esa 25 fevralda OCHL birinchi turi doirasidagi Saudiya Arabistoni klubiga qarshi o'ynaydi. Bu katta sinov. Seni chaqirishgan joyga borish kerak. Toshkent klubida kuchli murabbiy ishlamoqda - Vadim Abramov. U oldinroq O'zbekiston terma jamoasida ishlagan. Turkiyadagi keyingi yig'inda shartnoma tuziladimi yoki yo'qmi buni hal qilib olamiz.
Temiryo'lchilarning Turkiyadagi yig'inda 23 yoshli Sochi himoyachisi Arkadiy Kalaydjan ham ishtirok etadi.

Fikrlar