So’nggi yangiliklar

01:00Жавоҳир Илёсов: "Бугун 18 ёшга тўлдим. Ҳар доим оиламдагилар биринчи табриклашади"  0 00:40Миржалол Қосимов: "Руминия ва Молдова клубларига қарши ўйнашни истамайман. Жамоани 13 нафар футболчи тарк этди"  0 00:21"Ғазалкент" "Динамо-2"ни мағлубиятга учратган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:15А Серия. "Наполи" ўн киши бўлиб 90+5 дақиқада гол урган ҳолда "Женоа"ни мағлуб этди  1 23:38Конате “Реал”га ўтадими?  1 22:39Ўртоқлик ўйинлари. “Хоразм”, “Нефтчи”, “Сурхон”, “Бухоро” ва “Қизилқум” Анталияда хориж клублари билан ўйинлар ўтказишди  1 22:12Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  44 22:07АПЛ. "Арсенал" ва "Челси" рақибларига 3 тадан гол урди, "Астон Вилла" эса яна очко йўқотди  5 21:27Ўртоқлик ўйини. “Пахтакор” “Қайрат” билан дуранг ўйнади  5 21:03Ўртоқлик ўйини. “Локомотив” Чехия жамоаси билан дуранг ўйнади  4 20:30БАА Про лигаси. Ўзбек дербисида Абдуллаев жамоаси Шукуров ўйнаётган "Бани Яс"ни мағлуб этди  0 20:10Футзал бўйича Осиё кубоги финали. Эрон пенальтилар сериясида Индонезияни мағлуб этиб, 14-бор бош совринни қўлга киритди  15 19:26АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  45 18:50Ўртоқлик ўйини. “Ғазалкент” Россия жамоасини мағлуб этди  3 18:34"Челси" форварди "Вильярреал"га ўтиши мумкин  0

Ruslan Koryan: "5:0 hisobi bejiz qayd etilmadi" Yangiliklar

Ruslan Koryan: "5:0 hisobi bejiz qayd etilmadi"

Lokomotiv jamoasi Osiyo CHempionlar Ligasi 4-turiga kelibgina ilk g'alabasini qo'lga kiritdi.
Vadim Abramov shogirdlari Qatarning Al-Sadd klubiga qarshi ajoyib o'ynashdi va 5:0 hisobini qayd etishdi. Bu raqiblarning ilk uchrashuvlarida temiryo'lchilar sof sharmandalikka uchrashgandi - 2:6. Qatardagi jimjimador mag'lubiyatdan so'ng tabiiyki, futbolchilar keskin tanqid ostida qolishdi. Mana, Loko futbolchilari bunga munosib javob berishdi. Uchrashuvdagi so'nggi golni legioner hujumchi Ruslan Koryan o'z nomiga yozdirib qo'ydi. Xo'sh, uning o'zi o'yin haqida nima deydi?

- Ruslan, avvaliga Al-Saddga qarshi o'yindan olgan umumiy taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...


- G'alaba biz uchun g'oyat muhim edi. Qatardagi birinchi o'yindan keyin imkoniyatlarimiz ancha pasaygan va ortga yo'l qolmagandi. Qisqasi, 3 ochko olishimiz shart edi. Mana, futbolchilarimizdagi ishtiyoq va xarakterning yaxshi uyg'unlashtirilgani samara berdi va vazifani maqtanarli darajada uddaladik.

- Uchrashuvdan oldin shunday yirik hisobda g'alaba qozonishni xayolingizga keltirganmidingiz?

- Albatta, yo'q. Eng muhimi g'alaba edi. Qanday hisob bo'lmasin, 3 ochko olishimiz talab etilardi. Aynan shunga katta urg'u qaratgan holda o'ynadik.

- Sizningcha, Al-Sadd yaxshi o'ynamadimi yoki Lokomotiv o'ta kuchlilik qildi?


- Raqibdan kuchli o'ynaganimiz - fakt. Bu dastlabki daqiqalardan bor etiborni gol urishga qaratganimiz bilan bog'liq. Tezkor gol keyinchalik o'z samarasini bermasdan qolmadi. Al-Sadd chakki jamoa emas aslida. Tarkibida saviyali legionerlar borligini unutmaslik darkor. Mahalliy o'yinchilari ham mahorat bobida xorijliklardan qolishmasliklari birinchi o'yinda yaqqol ko'ringandi.

- Birinchi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng jamoa futbolchilarining keskin tanqid qilinishgani ham foyda berdimi?


- SHuning uchun ham g'alaba qozonishimiz shart edi. Uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rildi. Futbolchilar ilk o'yindagi natija tasodif ekanligini isbotlash ishqida yonishdi. Futbolda omad, ishtiyoq va kayfiyatning yuqori bo'lishi g'alabaga omil sifatida xizmat qilishi mumkin. Al-Sadd bilan o'yin arafasida klubimizda shu jihatlar yaqqol sezildi. Demak, 5:0 hisobi bejiz qayd etilmadi.

- Siz zaxiradan maydonga tushib gol urdingiz...


- Bosh murabbiy ishonch bildirib maydonga tushirganidan xursandman. Yirik hisobdagi g'alabaga hissa qo'shganim yoqimli. Endi keyingi o'yinlarda ham gollar  bilan jamoaga ko'proq naf keltirishga urinishim tabiiy. Harqalay, shu gol menga ijobiy tasir etadi, deb o'ylayman.

- Lokomotiv bu g'alabadan keyin ochkolari sonini 4taga etkazdi. Guruhdan chiqish imkoniyatini qanday baholaysiz?


- Asosiysi, keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab qoldik. Endi qolgan 2ta uchrashuvda ham ijobiy natija qayd etishimiz zarur. Keyingi turda bundan-da kuchli raqibni qabul qilamiz. Al-Hilol tartibli futbol ko'rsatadigan jamoalar toifasiga kiradi. Unga qarshi birinchi o'yinda ancha qiynalgan edik. Lekin Al-Sadd ustidan qozonilgan ishonchli g'alaba ruhiyatimizni ko'tarishi aniq. Demak, keyingi uchrashuvda ham 3 ochko olishni ko'zlab maydonga tushamiz. Umuman, hammasi o'z qo'limizda - bu yaxshi. Qisqasi, imkoniyatimiz yomon emas, faqat buni amalda tasdiqlash qoldi.

- Sekin-asta yurtimiz futboliga moslashib boryapsiz. Qandaydir muammolar yo'qmi?

- Muhitga tobora kirishib borayotganimdan xursandman. Bu klubga yaxshi niyatlar bilan kelganman. O'z gollarim bilan Lokomotiv yutuqlariga munosib hissa qo'shmoqchiman. Yana muxlislar yoqimtoyi bo'lishni ko'nglimga tugib qo'yganman. Hozir muammolar yo'q. SHunday ekan, vaqt o'tgani sari o'yinimni kuchaytirib borishim kerak.

- Klubingiz oliy ligada yaxshi start olgani yo'q, jumladan, siz ham...

- CHindan ham, mavsumni yaxshi boshlay olmadik. Lekin barchasi yaxshi bo'lib ketishiga ishonaman. Oliy ligada kuchli raqiblar etarli ekan. Buni ortda qolgan uchrashuvlar or-qali ko'rdim. Keyingi turlarda menga ishonch bildirib, maydonga tushirishsa, albatta, o'z gollarim bilan temiryo'lchilarga g'alaba keltirmoqchiman.

- Yaqinda Armaniston terma jamoasi safida to'p surib qaytdingiz. Taassurotlar qanday?

- Yaxshi. Faqat bizga omad etishmadi. Agar keyingi o'yinlarga chaqiruv olsam, terma jamoada ham o'zimni ko'rsata olishimga ishonaman.

- Lokomotiv muxlislariga aytadigan so'zlaringiz...


- Ular hali hammasi yaxshi bo'lishiga ishonishsin, chunki jamoamiz juda ahil va kuchli. Men esa g'alaba yo'lida bor imkoniyatimni ishga solaman. Umid qilamanki, muxlislarimiz bizni doimo qo'llab-quvvatlashadi. Zero, Lokomotiv nafaqat O'zbekiston chempionati, balki Osiyo CHLda ham yuqori natijalar qayd etishni ko'zlamoqda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика