So’nggi yangiliklar

15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  1 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  4 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  2 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  1 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  3

Ruslan Ahmedov: "Turon" bilan o'yinda biz g'alabaga haqliroq edik" Yangiliklar

Ruslan Ahmedov: "Turon" bilan o'yinda biz g'alabaga haqliroq edik"

Pro liganing 9-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Turon" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov fikrlarini bildirib o'tdi.




O'yin haqida

- Futbol shunaqa, to'p yon chiziqdan o'yinga kiritilayotgan vaqtda tasodifan darvozaga kirib ketishi mumkin. Yigitlarga o'yin borasida hech qanday etirozim yo'q. Ular berilgan ko'rsatmalarni 80 foiz to'g'ri bajarishdi. "Turon" jamoasini 1 ochko bilan tabriklayman.

Biz bu o'yinda g'alabaga haqli edik deb o'ylayman, chunki to'p darvoza to'siniga tegib golga aylanmagan vaziyatlarimiz ham bo'ldi.

- Muhammadqodir Rahimberganovning hozirgi holati qanday?


- Muhammadqodirni o'yin strategiyasi bo'yicha maydonga tushirdik. Hozirda uning jismoniy imkoniyatlari yaxshi xolatda emas. SHunday bo'lsa ham u o'zining qobiliyati bilan o'yinni o'ziga oladigan darajadagi futbolchi. So'ngi vaqtlarda ko'p jarohat olayayapti. Rahimberganovdan kelajakda umidimiz katta.

- Tarkibda jarohatlangan futbolchilar bormi?

- Ha, bizda jarohatlangan futbolchilar bor. Masalan, istedodli futbolchimiz Diyor Ramazonov jarohat olgan. Nasib bo'lsa ular ham tez orada jarohatlaridan qutulib safimizga qaytishadi.

- Yoshlar terma jamoasiga safiga chaqiruv olgan yosh futbolchi Xabibullo Matyoqubovning maydonga tushirilmayotganiga sabab nima?


- Yoshlarga ham albatta imkoniyat beramiz. O'yinning borishidan kelib chiqib bir oz muddat tushirib tajriba to'plashlariga sharoit yaratishni rejalashtirganmiz. Pro-liganing darajasiga mos deb hisoblasak, albatta ularni ham maydonga tushiramiz. Xabibullo Matyoqubov, yosh umidli futbolchi. Uning kelajakda mahoratli futbolchi sifatida etishishiga ishonaman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика