So’nggi yangiliklar

23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  1 23:15Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Черно Море" (онлайн ҳисоб)  20 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  0 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1 19:502024 йил ёзининг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Мавсум улар учун қандай ўтди?   1 19:22"Тоттенхэм" "Арсенал"ни майдон марказидан урилган гол эвазига ютди  0 18:59"Барселона" "Сеул"ни "хоккейча" ҳисобда мағлуб этди  29 18:42А Сериянинг икки гранди "Арсенал" аъзоси учун курашга қўшилди  0

Ruslan Ahmedov: " Superligaga chiqish uchun “Turon” bilan “Andijon” asosiy nomzodlar deb o'ylayapman" Yangiliklar

Ruslan Ahmedov: " Superligaga chiqish uchun “Turon” bilan “Andijon” asosiy nomzodlar deb o'ylayapman"

“Andijon” – “Xorazm” (2:1) uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov savollarga javob qaytardi.

-  Birinchi navbatda “Andijon” muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. Ular g'alabaga haqli edi. SHunga yarasha ko'proq imkoniyatlarni yaratishdi. To'g'ri, ikkinchi bo'limda qarshi hujumlarda vaziyatlar yaratishga harakat qildik. Ammo “Andijon”da tajribali o'yinchilar bor, yaxshi shakllangan jamoa. O'z maydonimizda bu klubni mag'lubiyatga uchratganimizdan keyin ham “Andijon” hali o'z so'zini aytadi, deb takidlagandim. Superligaga chiqish uchun “Turon” bilan “Andijon” asosiy nomzodlar deb o'ylayapman. Tajribali murabbiy ishlayapti, shakllangan jamoa. Tarkibimizda pro ligada umuman o'ynamagan 5-6 ta futbolchilar bor. Tajribalari etarli bo'lmagani evaziga xatoga yo'l qo'yishib, gol o'tkazdik. Bu – futbol. 


-  “Andijon” siz kutgan o'yinni ko'rsatdimi yoki...

-  SHunday o'yin kutgandik va shunga yarasha tayyorlangandik. Tarkibimiz yoshroq bo'lgani bois safarlardagi uchrashuvlarda tajriba etishmayapti. O'z uyimizda esa yaxshi o'ynayapmiz. Strategiyamiz bo'yicha yoshlarni asta-sekin etishtirib, tarkibimizni yoshartirmoqchimiz. Balki keyinchalik jiddiy maqsad qo'yilishi ham mumkin. 

-  O'yin boshida jamoangizda himoyaviy o'yin ko'rdik. Hisob qisqarganidan keyin hujumga ko'proq o'tildi...

-  Futbol shunaqa. Futbol tempi bo'yicha boshida 15-20 daqiqa davomida mezbonlar bosim qiladi. Keyin temp tiklanadi. Butun dunyoda shunaqa. Taktikamiz ham shunday edi. Ko'p hujum qilamiz, degan umidimiz ham yo'q edi. Sanoqli qarshi hujumlarga tayyorlanib turgandik. Ulardan bittasi amalga oshdi, qolganini o'zinglar ham ko'rdinglar, amalga oshmadi. Kuchimiz ham etmadi. “Andijon” jamoasi tarkib va jismoniy holat bo'yicha ham bizga nisbatan yaxshiroq. 

-  Safarda jamoangiz yaxshi o'ynay olmayotganini aytdingiz. Bu maydon bilan bog'liq emasmi? CHunki o'z uyinglarda suniy maydonda o'ynaysizlar. Yaqinda esa tabiiy maydonga o'tasizlar.

-  To'g'ri, markaziy stadionimiz tayyorlanyapti. Balki ikkinchi davra arafasida foydalanishga topshirishar. Savolingiz to'g'ri. Imkon qadar bu erga kelishimizdan oldin 2-3 kun tabiiy maydonda shug'ullandik. Ammo baribir bu etarli emasdi. 

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика