So’nggi yangiliklar

18:46"Манчестер Сити" — "Вест Хэм". Таркиблар маълум  3 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 17:03"Бани Яс" — "Хорфаккан". Таркиблар маълум  0 16:24"Ньюкасл" — "Челси". Таркиблар маълум  7 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  17 15:40Икки йил аввал еврокубок финалида ўйнаган Италия клуби инқирозга юз тутмоқда  3 15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  3 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  4 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  3 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  9 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  11

Ruslan Ahmedov: "Futbolda ko'p narsa moliyaviy imkoniyatlarga bog'liq" Yangiliklar

Ruslan Ahmedov: "Futbolda ko'p narsa moliyaviy imkoniyatlarga bog'liq"

Pro liganing so'nggi turidan o'rin olgan "Mashal" – "Xorazm" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Ruslan Ahmedov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin davomida himoyaga tayanib o'ynadik. Ikkinchi davrada zaxira o'rindig'imiz etmadi. 3ta futbolchimiz shamollagan. Tarkibimizdagi muammolar sabab ochiq futbol namoyish eta olmadik. Bita xato evaziga mag'lub bo'ldik. Natijadan qoniqmaganim aniq, ammo yigitlarga rahmat aytaman. Ular oxirigacha kurashishdi. SHu bilan mavsum ham yakunlandi. Kelasi mavsumga tayyorgarlikni boshlaymiz va barcha jamoalarga omad tilayman.

- Joriy mavsum "Mashal"ga qarshi ikki uchrashuvda ham mag'lub bo'ldingizlar. Bunga sabab nima?

- Biz tarkib jihatdan "Mashal"dan kuchsizroqmiz. Infratuzilma va moddiy tomonlama ham "Mashal" bizdan ustun. Birinchi davrada moddiy tomondan juda qiyin ahvolda edik. Yigitlar baribir ko'p mehnat qilishdi. Ikkinchi davrada o'yda deyarli hech kimga mag'lub bo'lmadik. O'zbekiston kubogi doirasida esa Superliga jamoasini mag'lub etdik. Futbolda ko'p narsa moliyaviy imkoniyatlarga bog'liq.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика