Runi termadagi so'nggi o'yini haqida o'z fikrlarini bildirdi
04 noy 2018 20:55
Yangiliklar
Runi termadagi so'nggi o'yini haqida o'z fikrlarini bildirdi
Oldinroq malum qilinganidek, "Di-Si Yunayted" hujumchisi Ueyn Runi Angliya termasi bilan birgalikda AQSH termasiga qarshi bahs olib boradi.
Bu uchrashuv forvard uchun termadagi so'nggisi bo'ladi. Bahs 15 noyabr kuni o'tkaziladi va bahsdan tushgan mablag' Runining xayriya fondiga beriladi.
"Uembli"da Angliya termasi uchun yana bir marta o'ynay olishimdan xursandman. Terma bosh murabbiyi Garet Sautgeytga va mening xayriya fondimga yordam bermoqchi bo'layotgan FA tashkilotiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.
Terma jamoada yana bir marta o'ynash - faoliyatimdagi eng katta yutuq. Termadagi 120-o'yinimda g'alaba qozonish esa juda ham muhim. AQSHga qarshi o'yinda muxlislar ajoyib bahsning shiddatidan bahra olishadi", - dedi Runi.
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar