Runi: "Ronaldu 40 yoshgacha o'ynasa, ajablanmayman"

Aslanov Jasurbek
10 sen 2021, 22:28
Ueyn Runi "Manchester Yunayted"dagi sobiq jamoadoshi qachongacha professional darajada o'ynay olishini taxmin qildi.

"Krishtianu oxirgi marta Angliyada o'ynaganida, driblingga ko'p e'tibor qaratardi. O'shandan beri uning o'yin uslubi katta o'zgarishlarga duch keldi, u haqiqiy to'purarga aylandi.

Ronaldu g'ayrioddiy qobiliyatga ega. Shuningdek, u o'z jussasiga katta e'tibor beradi. Krish hali ham ajoyib formada. Agar u qirq yoshga qadar maydonga tushib, Giggz singari gollar urishda davom etsa, bundan ajablanmayman", - dedi Runi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Transfermarketweb