Runi MYUga Sancho o'rniga Keynni sotib olishni taklif qildi
04 okt 2020 09:56
Yangiliklar
Runi MYUga Sancho o'rniga Keynni sotib olishni taklif qildi
Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi MYU tomonidan “Borussiya” (Dortmund) hujumchisi Jeydon Sanchoga bo'layotgan qiziqishga o'z munosabatini bildirib o'tdi.
“Sancho – ajoyib futbolchi. Ammo safingda xuddi shunday talantli futbolchi bo'lib turib, 110 millioen evro sarflashni nima keragi bor?! “Yunayted”da Rashford va Marsyal bor. Sancho kelgach deyarli shu poziciyada o'ynaydigan Meyson Grinvud qaerga qoladi? Men masalan shuncha pulni Garri Keynni sotib olish uchun tikkan bo'lardim. Ha, Keynni “Tottenxem”dan sotib olish osonmas. Ammo MYU tarkibga doim kuchli ijrochilarni jalb eta oladigan klub. Keyn aynan Sulsherga kerak bo'lgan futbolchi”, deya Runining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Daily Mail
Fikrlar