Runi: "Keynni Uelsga qarshi o'ynatmasdim"
27 noy 2022 18:47
Yangiliklar
Runi: "Keynni Uelsga qarshi o'ynatmasdim"
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Ueyn Runining fikriga ko'ra, JCH-2022 3-turi doirasida Angliya - Uels bahsida inglizlar tarkibida Xarri Keyn o'ynamasligi kerak deb hisoblaydi.
"Angliyaning Uelsga qarshi o'yinida tarkibda bir o'zgarish qilgan bo'lardim. Xarri Keynni maydonga tushirmasdim, unga dam kerak. Xarri bizning asosiy futbolchimiz. Sizda futbolchilarni saqlab qolish imkoniyati bo'lsa, undan foydalanishingiz kerak. Aynan shu boisdan Keyn zaxirada qoldirardim", - dedi Runi.
JCH-2022ning 3-turi doirasidagi Uels - Angliya bahsi 29 noyabr tunida bo'lib o'tadi.
Fikrlar