Rummenigge: "Robben ajoyib formada"
08 okt 2014 23:19
Yangiliklar


Rummenigge: "Robben ajoyib formada"
"Bavariya" klubi kengashi rahbari Karl-Xaync Rummenigge Aren Robben xususida o'z fikrini bildirib o'tdi.
So'nggi paytlarda Aren Robben o'zining ajoyib sport formasida. Jahon chempionatida u nimalarga qodir ekanligini ko'rsatdi. Robbenni to'xtatib bo'lmayapti. Uni hech bir himoyachi ushlab qololmayapti. Gollandiya - Ispaniya uchrashuvida Serxio Ramos ham unga qarshilik qilolmadi. Aren hozirda shunchaki zo'r o'ynamoqda.

Fikrlar