Rui Fariya Osiyo jamoasi bosh murabbiyi bo'lishi mumkin
20 noy 2018 21:10
Yangiliklar
Rui Fariya Osiyo jamoasi bosh murabbiyi bo'lishi mumkin
"Manchester Yunayted"ning sobiq murabbiyi Rui Fariya Osiyoda ish boshlashga yaqin turibdi.
Janubiy Koreyaning "Sports Donga" nashri tarqatgan malumotlarga qaraganda, ayni damda portugaliyalik mutaxassis "Jonbuk Xyundai" jamoasi vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda.
Aytilishicha, muzokaralar yaxshi davom etmoqda. 18 yil davomida Mourinoga yordamchi bo'lgan murabbiy yaqin vaqtlar ichida klub bosh murabbiyi sifatida elon qilinishi mumkin.
Fikrlar