So’nggi yangiliklar

12:40Алмоез Али: "Ўзбекистонга қарши ўйиндан бошлаб биздан талаб қилинган барча вазифаларни бажарамиз"  1 12:15Вадим Абрамов: "Хотиржамлик билан ғалаба қозондик"  0 11:49Факт. Ўзбекистон Тошкентда Қатарга мағлуб бўлмаган   6 11:28Про лига. 9-турда қайси ҳакамлар ишлашади?   1 10:55“Челси“ сўнгги таклифини юборди  1 10:28“Бавария“ рози бўлди  1 10:05Кевин де Брюйне “Наполи“ билан келишув шартлари очиқланди  0 09:33Италия термасини бошқаришга асосий номзодлар маълум  5 09:02“Ал Насср“ МЮ юлдузини сотиб олиш учун ўз юлдузидан воз кечишга тайёр  1 08:31Криштиану Роналду Португалиянинг Миллатлар лигаси финалидаги ғалабаси ҳақида фикр билдирди  36 08:03ЦСКАни бошқариш учун иккита номзод бор  1 07:35ПСЖ футболчиси Испания — Португалия учрашувида энг яхши бўлди  4 07:09Неъматилло Қуттибоев: "Арислан Юсупбаев ва Аъзамжон Алиевларда жароҳат бор"  0 02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  158 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1

Rufat Akramxo'jaev: “Kubokda imkon qadar uzoqroqqa bormoqchimiz” Yangiliklar

Rufat Akramxo'jaev: “Kubokda imkon qadar uzoqroqqa bormoqchimiz”

Birinchi liganing doimiy ishtirokchisi bo'lgan “NBU-Osiyo” jamoasi 19 mart kuni O'zbekiston Kubogining 1/16 bosqichidan o'rin olgan “Qo'qon-1912”ga qarshi uchrashuvini o'tkazadi.

O'z uyida bo'ladigan mazkur bahsga “bankirlar” astoydil tayyorgarlik ko'rmoqda. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi saytimizga bergan intervyusida aytib o'tdi. 

- Rufat aka, boshqaruvingizdagi “NBU-Osiyo” ushbu haftada oliy liga vakili “Qo'qon-1912” bilan o'ynaydi. Bo'lajak bahs oldidan nima deysiz?

- Albatta, mavsumning ilk rasmiy o'yiniga bo'lgan tayyorgarlik avjida. “Qo'qon-1912” oliy liga klubi sanaladi. Nazorat o'yini bilan rasmiy uchrashuvni farqi bo'ladi. Menimcha chempionat starti oldidan qo'qonliklarga qarshi o'yin jamoamiz uchun har tomonlama foydali bo'lishiga ishonaman.  

- O'yinga bo'lgan tayyorgarlik qanda  y? Raqibni o'rganish jarayoni bo'layotgandir?

- Ha, “Qo'qon-1912”ning yaqinda “Paxtakor” bilan o'tkazgan uchrashuvini kuzatib bordik. “Obod”ga qarshi kechgan o'yinini ham video tasma orqali ko'rdik. SHundan so'ng o'zimizga yarasha xulosa chiqarib oldik. Tayyorgarlik ham shunga monand bo'lmoqda. Qolganini o'yin ko'rsatib beradi.  

- Umuman olganda yangi mavsumga jamoangizning tayyorgarligidan ko'nglingiz to'lyaptimi?

- Tayyorgarlik reja asosida ketmoqda. Futbolchilarning jismoniy xolatini yaxshilashga ko'proq urg'u berdik. Qolaversa nazorat uchrashuvlari orqali yigitlarning imkoniyatini ko'zdan kechirib oldik. 

- Tarkibdan qoniqish xosil qildingizmi? 

- Menimcha hech qanday murabbiy tarkibdan to'liq qoniqmasa kerak. Bo'lib ham birinchi liga klublarida murabbiylar o'zlari istaganidek tarkib shakllantira olishi qiyin. Teng kuchli ikkita tarkibga ega bo'lsangiz shunda qoniqish mumkin. 

- Tarkibda yuz began o'zgarishlar borasida ham aytib o'tsangiz?

- Olim Navkarov yaqinda “Oq-tepa”ga ko'chib o'tdi. Davron Valijonov, Sarvar Safarov  singari futbolchilar ham jamoamiz bilan xayrlashdi. Tajribali Leonid Koshelevni esa bilsangiz kerak, futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.  

- Mirshohid Olimov bilan Abbos Po'latov ketmadimi?

- Yo'q, yigitlar yana safimizga qaytib keldi. O'ylaymanki Po'latov va Olimov hali oliy ligada o'ynashga ulguradi. 


Islombek Rustambekov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика