Rudi Garsiya: "Tottini "Roma"ning etakchisi deb ayta olmayman"
04 dek 2013 12:46
Yangiliklar


Rudi Garsiya: "Tottini "Roma"ning etakchisi deb ayta olmayman"
"Roma" bosh murabbiyi Rudi Garsiya klub sardori Franchesko Totti kiyinish xonasida etakchi emasligini aytib o'tdi.
– Futbolchini yaxshi bilib olish uchun u bilan birga ishlash kerak, – deydi Garsiya La Gazzetta dello Sport nashriga. – Men masalan, Messi va Ronalduning qandayligini bilmayman. Totti oddiy yigitligini esa bilaman. U hech qachon mashg'ulotlarni o'tkazib yuboramagan, hech qachon o'zini baland tutmagan. Kiyimxonada u etakchi deya olmayman. Totti boshqalarga baqirib ularni ruhlantiradigan futbolchi emas, lekin shunday bo'lsa ham qolganlar uni juda xurmat qilishadi. Birgalikda ishlaganimizdan keyingi xulosalarim quyidagicha: Totti – nafaqat buyuk futbolchi, dunyo futbolidagi eng yaxshilaridan biri.

Fikrlar