Rudi Garsiya: Marsel uyaladigan ish qilgani yo'q
17 may 2018 09:25
Yangiliklar


Rudi Garsiya: Marsel uyaladigan ish qilgani yo'q
Marsel ustozi Rudi Garsiya Evropa ligasi finalida Atletikoga qarshi o'yindan so'ng (0:3) o'z fikrlarini bildirdi.
«Biz birinchi taymda imkoniyatlarni boy berdik. Gol urish uchun ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadik, keyin esa golga sabab bo'lga xatoni amalga oshirdik.
«Atletiko»ga qarshi bahsda hisobda ortda qolish juda og'ir. Raqib ikkinchi taymda yanada kuchaydi.
«Atletiko» – ajoyib jamoa. Biz uyaladigan ish qilmadik.
Dimitri kuchli futbolchi bo'lgani uchun ilk daqiqalardan maydonga tushirgandim. U standart vaziyatlarda bizga etishmadi», – deydi murabbiy.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar