So’nggi yangiliklar

15:13Малуда "Челси"га Осимхенни трансфер қилишни маслаҳат берди  0 14:44"Барселона" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр  0 14:17"Барселона" "Челси" ҳимоячисини харид қилмоқчи  1 13:49Breaking! Хаби Алонсо "Реал" билан неча йиллик шартнома тузиши маълум  11 13:28Бу йил қайси клублар кучли учликда бўлади?  2 12:45Нега мураббийлар ёшларни кашф қилмайди?  1 12:13"Андижон" – мухлислар ташрифи бўйича етакчи!  17 11:45Тарихий рекорд: "Интер" "Барселона" билан ўйин чипталаридан 14,7 млн евро ишлаб олди  6 11:19"Барселона" "Интер" футболчисини сотиб олмоқчи  5 10:51Арсен Венгер “Арсенал“нинг финалга чиқа олмаганига фикр билдирди  1 10:20Дэвид Бекхэм Англия жамоасини ҳам сотиб олди  6 09:51Артетанинг “Арсенал“даги келажаги маълум  11 09:23“Рома“ бразилиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  1 08:28УEФА “Интер“- “Барселона“ учрашувидаги ҳакамликка муносабат билдирди  38 08:05Европа лигаси. Маунт МЮ сафида илк дублини қайд этди, иккинчи голини эса майдон марказидан урди  0

"Rubin" O'zbekiston PRO-ligasida ishtirok etmoqchi Yangiliklar

"Rubin" O'zbekiston PRO-ligasida ishtirok etmoqchi

Teglar :  PFL PRO-liga
2019 yilgi mavsumda Superligada 14 klub ishtirok etishi malum. Ayni vaqtda Professional futbol ligasi A va V Pro-ligalarida to'p suradigan jamoalarni saralab olmoqda.

Hozirda “Mashal”, “Xorazm”, “Neftchi”, “Istiqlol” va “SHo'rtan” klublari "A" Pro-ligada ishtirok etish masalasida ish olib bormoqda. “SHerdor” hamda “Nurafshon” futbol klublarida ham shunday imkoniyat yuzaga kelishi mumkin.

"B" Pro-ligasida ishtirok etishni istayotgan jamoalar soni esa ko'proq. Ayni vaqtda quyidagi klublar PFL bayrog'i ostidagi musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan:

“Orol”
“Lokomotiv-BFK”
“Bunyodkor-2”
“Yashnobod”
“Norin”
“Iftixor”
“Imkon-Oltiariq”
“Yangier”
“G'ijduvon”
“Zomin”
“Yozyovon”
“Andijon-2”
“Xisor”
“Rubin”.


Ikki yildan buyon 2-ligalar g'oliblari o'rtasidagi o'tish o'yinlari o'tkazilmay kelayotganidan Professional futbol ligasi yaxshi xabardor. SHundan kelib chiqib, 2019 yilda PFL kubogiga asos solingan. Mazkur musobaqa 2-liga g'oliblari uchun o'tish o'yinlari vazifasini ham o'tab beradi. SHarti — 2-liga g'oliblari V Pro-ligasi uchun talablarga javob berishlari kerak. Licenziyalash talablarini shu havola orqali ko'chirib olish mumkin. Quyida esa 2-liga musobaqalarining barcha g'oliblari ko'rsatib o'tilgan:

“Oqtepa” (Toshkent)
“Ammafos-Maksam” (Olmaliq, Tosh. viloyati)
“Rash Milk” (SHahrixon, Andijon)
“Neftchi” (CHortoq, Namangan)
“Turon” (O'zbekiston, Farg'ona)
“Akademiya” (Yangier, Sirdaryo)
“Bo'ston” (Zarbdor, Jizzax)
“Zarbuloq” (Narpay, Samarqand)
“Zarangar” (G'ijduvon, Buxoro)
“Nasaf-2” (Qarshi, Qashqadaryo)
“Dinamo” (Termiz, Surxondaryo)
“Navoiyazot” (Navoiy)
“R.Madaminov” (Xiva, Xorazm)
“Nukus” (Qoraqalpog'iston)

Malumot uchun, PFL kubogida g'olib chiqqan bir yoki bir nechta klubga A Pro-ligada ishtirok etish uchun imtiyozli yo'llanma taqdim etiladi. Qolgan klublar esa V Pro-ligada faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Yuqorida nomlari ko'rsatilgan jamoalar V Pro-ligasi talablariga javob bersa, tezlik bilan Professional futbol ligasiga aloqaga chiqishlari so'raladi. Kelayotgan hafta PFL komissiyasi viloyatlarga yo'l oladi va har bir klubni nazoratdan o'tkazadi. Qayd etish kerak, O'zbekistonda transfer oynasi 7 mart kuni yopiladi. PFL kubogi ishtirokchilari nomi esa tez orada malum qilinadi.

Reyting: -65   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика