So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  3 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  27 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

RPL. "Zenit" "Spartak"ga qarshi bahsda 4ta gol urdi, ammo o'yin 3:1 hisobida yakun topdi Yangiliklar

RPL. "Zenit" "Spartak"ga qarshi bahsda 4ta gol urdi, ammo o'yin 3:1 hisobida yakun topdi

Rossiya chempionati 19-turidan o'rin olgan bahs yakuniga etdi.

Zenit St. Petersburg

Sardar Azmoun - 8', Yaroslav Rakitskiy - 74', Artem Dzyuba - 90'

Premier League . 19-tur

16/12/2020, 22:00

1
:
3
Tugadi

Spartak Moscow

Dejan Lovren - 22'

Stadion: Gazprom Arena

45'
90'
8'  Sardar Azmoun
8'  Wendel
39'  Malcom
67'  Douglas Santos (Yuri Zhirkov)
74'  Yaroslav Rakitskiy
78'  Aleksei Sutormin
81'  Wendel (Daler Kuzyaev)
81'  Malcom (Sebastian Driussi)
83'  Wilmar Barrios
88'  Sardar Azmoun (Aleksandr Yerokhin)
90'  Artem Dzyuba
22'  Dejan Lovren
25'  Roman Zobnin
36'  Jordan Larsson
54'  Georgiy Dzhikiya
68'  Zelimkhan Bakaev (Ilya Kutepov)
87'  Georgiy Dzhikiya (Ilya Gaponov)

"Zenit" – "Spartak" 3:1

"Gazprom Arena"

Gollar: 1:0 – 8 Azmun, 1:1 – 22, avtogol Lovren, 2:1 – 73 Rakickiy, 3:1 – 90 Dzyuba.

"Zenit" – Lunev, Rakickiy, Lovren, Duglas Santos (Jirkov, 68), Ozdoev, Sutormin, Barrios, Vendel (Kuzyaev, 81), Malkom (Driussi, 81), Azmun (Eroxin, 88), Dzyuba.

"Spartak" – Maksimenko, Jigo, Djikiya (Gaponov, 87), Maslov, Ayrton, Kral, Zobnin, Mozes, Bakaev (Kutepov, 68), Ponse, Larsson.

Ogohlantirishlar: Zobnin (25), Larsson (36), Malkom (39), Djikiya (54), Sutormin (78), Barrios (83).



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+3. GOOOL! Dzyuba o'yinga nuqta qo'ydi. Artyom "Spartak" futbolchisining "sovg'a"sini golga aylantirdi.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. O'zgarish: Azmun muxlislar qarsaklari ostida maydonni tark etmoqda. Uning o'rniga Eroxin bahsga qo'shildi.

87. 37 yoshli Jirkov "Spartak"ning ikki futbolchisidan qochib ketdi va to'pni Dzyubaga uzatdi, ammo Jikiya bir amallab xavfni bartaraf etdi. 

82. ZARBAAA! Dzyuba darvozabon bilan birga-bir chiqdi va ayyor va nozik zarba orqali Maksimenkoni dog'da qoldirishga urindi, biroq "Spartak" posboni raqibning o'ylarini o'qidi va seyv ijro etdi. Birozdan so'ng bayroqcha ko'tarildi. Artyom ofsaydda qolib ketgan ekan.

76. "Zenit"ning yakuni kechikkan qarshi hujumi Vendelning zarbasi bilan yakun topdi. Biroq Maksimenko to'pni egallab oldi.

73. GOOOL! Rakickiy nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Malkom burchakdan uzatgan to'pni Jikiya boshi bilan qaytardi, qaytgan to'pga Rakickiy kuchli zarba berdi va darvozani ishg'ol qildi.

72. Kutepov jamoadoshining uzatmasini "Zenit" darvozasiga burishga urindi, ammo noaniq.

70. ZARBAAA! Vendelning xavfli zarbasidan so'ng pastlab uchgan to'p darvozaning uzoqdagi ustuni oldidan o'tib ketdi.

68. O'zgarish: Bakaev o'rniga Kutepov maydonga tushdi ("Spartak"). Santos o'rniga esa Jirkov o'yinni davom ettiradigan bo'ldi ("Zenit").

66. "Zenit" himoyachisi Duglas Santos jarohat olgan ko'rinadi. Jamoa "otaxoni" Yuriy Jirkov maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

56. Malkom raqib jarima maydonchasi chizig'ida yiqitildi. Ammo hakam xushtak chalmadi, biroq VAR ishga kirishdi va hech qanday penalti yo'qligini qayd etdi.

54. Sariq kartochka. Jikiya Dzyubaga qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi. "Spartak" futbolchisi tezda Artyom oldiga kelib, bir nimalar dedi. Dzyuba ham bo'sh kelmay "bir nima, bir nima" deya javob qaytardi.

52. "Zenit" raqib jarima maydonchasi atrofida seriyali hujumlarni boshlab yuborgan, ammo so'nggi zarbaga aniqlik etishmayapti.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

- Tanaffus vaqtida "Spartak" muxlislari "Zenit" ishqibozlari bilan mushtlashuv uyushtirishdi. Vaziyatga policiya aralashdi.

- Tanaffus paytida "Match TV" telekanalida mutaxassis sifatida ishlayotgan Andrey Arshavin uchrashuv borasida quyidagi gapni aytdi. "O'yinda "Zenit" ustunlik qilyapti, ikkala golni ham mezbonlar urdi. "Spartak" esa hech narsa qila olmayapti".

TANAFFUS

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

40. ZARBAAA! Azmun raqib darvozaboni bilan deyarli birga-bir chiqdi. Uning to'pga bergan zarbasidan so'ng yaqin burchakdagi ustun larzaga keldi va to'p maydonga qaytdi.

37. Sariq kartochka. Jordan Larsson qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

35. Ajoyib hujum. "Zenit" futbolchisi autdan to'pni o'yinga kiritib berdi. Dzyuba esa uni boshi bilan orqaroqdagi Malkomga tashladi, braziliyalik futbolchi to'pni erga tushishini kutmadi va darvozaga zarba berdi. Biroz noaniq.

30. Malkom qarshi hujumda unga qo'li bilan osilayotgan futbolchidan qochib ketdi, ammo pas berishda adashdi. U to'pni Azmunning yo'liga emas, ortiga tashladi. SHunga qaramasdan "Zenit"ning hujumi zarba bilan yakunlandi, biroq noaniq zarba bilan.

28. Dzyuba jamoadoshining qanotdan amalga oshirgan uzatmasini boshi bilan golga aylantirishga urindi, ammo to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

22. GOOOL! 1:1! Lovren to'pni o'z darvozaboniga ko'kragi bilan tashlab bermoqchi bo'ldi, ammo posbon buni kutmagandi va uzatma ham kuchli bo'ldi. To'p kutilmaganda Lunyovning ustidan o'tib, darvozaga kirib ketdi.

17. Goldan so'ng "Spartak" hujumga o'tgandek bo'ldi, ammo "Zenit" raqib g'azabini jilovlab, yana to'pga egalik qilishda va hujumlar tashkil etishda davom etyapti.

8. GOOOL! AZMUN! Sardor Azmun Vendelning pasini golga aylantirdi! Eronlik futbolchini hech kim qo'riqlamayotgandi va u jarima maydonchasi chizig'i ustidan darvozani ishg'ol qildi.

7. ZARBAAA! "Zenit" vakili Vendel darvozaning to'sin va ustun kesishgan nuqtasini nishonga oldi.

1. Uchrashuv boshlandi.

 "Spartak" safida Oston O'runov uchrashuvni zaxiradan boshlaydi.

"Zenit" – "Spartak"

22.00, "Gazprom Arena"

"Zenit" – Lunev, Rakickiy, Lovren, Duglas Santos, Ozdoev, Sutormin, Barrios, Vendel, Malkom, Azmun, Dzyuba.

"Spartak" – Maksimenko, Jigo, Jikiya, Maslov, Ayrton, Kral, Zobnin, Mozes, Bakaev, Ponse, Larsson.

Zaxiradagilar: Rebrov, Selixov, Eshenko, Kutepov, Gaponov, Litvinov, Ignatov, Markitesov, Oganesyan, O'runov.

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика