RPL. "Rubin" "Ufa"ni yirik hisobda mag'lub etdi, O'runov esa...
14 mar 2021 17:56
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/625338_original.jpg)
![](/upload/storage/625338_220.jpg)
RPL. "Rubin" "Ufa"ni yirik hisobda mag'lub etdi, O'runov esa...
Oston O'runov kichik jarohat tufayli zaxiradan o'yinga qo'shildi.
Ufa – Rubin 0:3
«Neftyanik»
Gol: Makarov 31', Kvaracxeliya 42', Samoshnikov 74'
Ufa – Belenov, Yokich, Bauer (Morozov, 46), Pliev, Tabidze, Golubev, Miletich, Kamilov (Ivanov, 46), Jamaletdinov (Sisuev, 75), Andrich, Krotov (O'runov, 83).
Rubin – Dyupin, Samoshnikov, Starfelt, Zotov, Uremovich, Makarov, Kvaracxeliya (Ignatev, 85), Abilgor, SHatov, Kostyukov (Musaev, 87), Despotovich (Bakaev, 82).
Ogohlantirishlar: Kamilov (20), Abilgor (30), Golubev (33), Ivanov (80).
Uchrashuv yakunlandi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha!
Ikkinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
89. Zarba! Ivanov bosh bilan zarba yo'lladi, darvozabon jamoasini goldan qutqardi.
87. "Rubin"da almashtirish: Kostyukov o'rniga Musaev tushdi.
85. "Rubin"da o'zgarish: Kvaracxeliya o'rniga Ignatev o'yinni davom ettiradi.
83. "Ufa"da almashtirish: Krotor o'rniga Oston O'runov maydonga tushdi.
82. "Rubin"da o'zgarish: Despotovich o'rniga Bakaev tushirildi.
80. Oleg Ivanov qoidani buzgani bois ogohlanitirish oldi.
79. Despotovichda qandaydir jarohat kuzatildi. Hujumchi tibbiyot xodimlari yordamiga muhtojlik sezyapti.
77. Zarba! Kvaracxeliyaning uzoqdan yo'llagan zarbasi manzilga aniq bormadi.
75. "Ufa"da almashtirish: Jamaletdinov o'rniga Sisuev qo'shildi.
74. GOOOOOOOOOOL! Ilya Samoshnikov hisobni yiriklashtirdi – 0:3!
72. "Ufa" safida Dmitriy Sisuev maydonga tushishiga hozirlik ko'rmoqda.
71. Andrich "Ufa" hujumida faol o'ynayapti. U bu gal havodagi kurashda g'olib chiqdi, zarba esa kuchsiz chiqqani bois Dyupin qiynalmadi.
69. Zarba! Samoshnikov olis masofadan zarba berdi, yana Belenov katta sahnada!
67. Makarovning zarbasidan so'ng Belenov to'pni qaytardi.
65. "Rubin" himoyasiga Despotovich yordamlashayotgan bo'lsa, "Ufa"da Jamaletdinov bu vazifani yaxshi udallayapti va himoyalanishga shay holatda turibdi.
63. Andrich maydon markazida yaxshi ochildi. To'p o'ng qanotdan unga oshirib berildi, bosh bilan berilgan zarba esa o'zini oqlamadi.
61. "Ufa" chapda burchak to'pi ishladi. Miletich to'pni ichkariga oshirdi, Despotovich osonlik bilan xavfni bartaraf qildi.
58. Morozov o'ng qanotdan markazga ko'chdi va zarba yo'lladi – Dyupin qiyinchiliksiz to'pni qo'liga oldi.
55. Abilgor olis masofadan zarba berdi, Belenov o'z o'rnida!
53. Samoshnikov nimalar qilmoqda?! U qozonliklarni birin-ketin aldab o'tdi, ammo yakunda uning zarbasi baribir "bloklandi".
51. Andrich jarima maydoni ichida to'p bilan harakatlandi, ammo Uremovich ustamonlik bilan himoyalandi.
50. "Ufa" pauzadan keyin enegrgiyaga boy o'yin qurishga harakat qilmoqda, "Rubin" esa xotirjamlikni saqlab qolgan.
48. Timur Jamaletdinov sherigining pasidan keyin to'pni o'zida saqlay olmadi va raqibga oldirdi.
46. "Ufa"da 2 ta o'zgarish: Bauer o'rniga Morozov, Kamilov o'rniga Ivanov tushdi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
1-taym statistikasi
Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:2. Tanaffus!
Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi.
42. GOOOOOOOOOOOOL! Xvicha Kvaracxeliya yaqin masofadan gol urib, hisobni oshirdi – 0:2!
40. Plievning uzatmasidan so'ng Uremenovich bosh bilan zarba yo'lladi, Dyupin qiyinchiliksiz uni ushlab oldi.
37. Makarov o'ng qanotdan markazga pas uzatdi, Bauer Kvaracxeliyaga nisbatan qoidani buzmagan holda to'pga egalik qildi.
36. "Ufa" o'yinini kuchaytirishi lozim. "Rubin" birinchi davrada 3:0 hisobida g'alaba qozongan edi. O'shanda ham "Ufa" xuddi bugungidek o'yin namoyish qilgandi.
33. Golubev qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi.
33. Zarba! Kamilovning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi.
31. GOOOOOOOOOOOOOL! Denis Makarov hisobni ochdi – 0:1! Xvichadan to'pni qabul qilgan Makarov o'zining qoyilmaqom zarbasi orqali to'pni "to'qqizlik"ga yo'naltirdi. Denis ketma-ket ikkinchi tur gol urmoqda.
30. Abilgor Golubevga nisbatan qoidani buzdi va sariq kartochka ishladi.
28. Kvaracxeliya chap qanotda to'p nazoratini olib borib, "to'qqizlik"ni nishonga oldi, ammo noaniq.
25. Miletovichdan uzatmasidan so'ng Dyupin darvozasini tark etib, to'pni ushlab oldi.
23. To'pga eglaik qilish bo'yicha statistika: 32% – 68%. Sluckiy jamoasi foydasiga.
21. Xavfli vaziyat! Kostryukov-Belenov duelida darvoabon biroz vaqtli harakat qilib, jamoasijoniga ora kirdi.
20. Ha, bu holatda sariq ko'rsatmasa ham bo'lmasdi. Kamilov qo'polligi uchun ogohlantirildi.
18. Kostyukov maydon markazida Kamilovga nisbatan qo'pol o'ynadi. Bosh hakam Panin bu gal ham ogohlantirishni istamadi.
16. Yokich o'z jarima maydonchasi yaqinida Makarovga nisbatan qoidani buzdi. Bosh hakam hozircha sariq kartochka ko'rsatishga shoshilmayapti.
15. "Rubin" dastlabki 15 daqiqada 5 ta burchak to'piga ega bo'ldi. Qozon jamoasi bugungi o'yinda raqibdan bir bosh ustun ko'rinmoqda.
13. Burchak zarbasidan kelgan uzatmaga Belenov ega chiqmoqchi bo'ldi, uning teginishidan so'ng to'p maydonni tark etdi, "Rubin" foydasiga yana bir korner.
11. Kamilov Abilgorning oyog'iga zarba berdi. Jarima maydonigacha masofa uzoq. Demak, uzatmani ko'ramiz.
9. SHatov Makarovni pas bilan taminladi, keyingi mo'ljal Despotovich edi, biroq mezbonlar himoyaga qaytishga ulgurishdi.
7. Jamoalar o'yinni yuqori tempda davom ettirishmoqda.
5. Makarov to'pni o'ng qanotdan ichkariga – Despotovichga oshirib berdi, Belenov vaziyatga aralashib, to'pni ilib oldi.
3. Makarovning dastlabki uzatmasi noaniq chiqdi, ammo ikkinchi urinishni muvaffaqiyatli bajardi, Despotovich to'pga etib kela olmadi, Bauer esa o'z darvozasini ishg'ol etib qo'yishiga oz qoldi.
2. Timur Jamaletdinov raqib jarima maydonining o'ng tarafida to'pga egalik qildi va jamoadoshlari tomon pas uzatdi, Dyupin ushbu vaziyatni oldindan o'qidi hamda to'pga ega chiqdi.
1. O'yin boshlandi!
- Futbolchilar vanihoyat, maydonga tushib kelishmoqda.
Malumot uchun, "Ufa" 14 ochko bilan 15-o'rinda borayotgan bo'lsa, "Rubin" 34 ochko bilan 8-o'rinni band etib turibdi. Bugun qayd etilajak natija turnir jadvaliga o's tasirini o'tkazishi ehtimoldan holi emas.
"Rubin" "Neftyanik"da
Tarkiblar malum
- O'yin Toshkent vaqti bilan 16:00 da start oladi.
- Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Bugun RPL 22-turida hamyurtimiz Oston O'runov to'p tepadigan "Ufa" klubi o'z maydonida "Rubin"ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar