RPL. SHomurodov hamda O'runovning transfer narxi ham tushdi
09 apr 2020 00:08
Yangiliklar


RPL. SHomurodov hamda O'runovning transfer narxi ham tushdi
Transfermarkt portali Rossiya chempionati futbolchilarining yangi qiymatlarini elon qildi.
Ro'yxatda etakchi siftida ko'rsatilgan “Zenit” futbolchisi Malkomning narxi 38 mln.dan 30,5 mln.ga tushdi. 2-o'rindagi CSKA azosi Mario Fernandesning transfer summasi esa 20 foizga arzonlashib, 30 mln.dan 24 mln.ga pasaydi.
SHuningdek, Premer-ligada harakat qilayotgan o'zbekistonlik futbolchilarning transferi ko'rsatkichida ham o'zgarish yuz berdi. Jumladan, “Rostov” forvardi Eldor SHomurodovning narxi 5,2 mln evro qilib ko'rsatilgan (avvalgisi 6 mln).
“Ufa” safida harakat qilayotgan Oston O'runovning narxi esa 10 foizga kamaydi va uning yangi transfer qiymati 900 ming evro sifatida qayd etildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar