So’nggi yangiliklar

20:19Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Машъал", "Сўғдиёна" – "Қизилқум" (онлайн ҳисоб)  8 20:08Про лига. "Арал" тур марказий ўйинида "Локомотив"дан устун келди  3 19:42"2+1" қайд этган ҳужумчи, тур голини урган ёш хавбек, жамоасини муқаррар голлардан қутқарган дарвозабон — Суперлигада 13-турнинг энг яхшилари  0 19:2538 ёшга тўлган Лионель Месси ҳақида 38 та қизиқарли маълумот  2 19:07Норчаев, Холматов, Абдухолиқов ва бошқалар ... Суперлига 13-тур рамзий терма жамоаси  0 19:04Абрамов мантиқан ҳеч нарса йўқотмади, Зейтуллаев учун керакли ғалаба эди — Абдулазиз Искандаров таҳлили  2 18:39"Футбол олами". "Динамо"да мавсумдаги илк мағлубият, "Навбаҳор" - ОКМК 3:0 — 13-тур ҳақида батафсил   0 18:10Носир Абдусаломов: "Қўқонда 120 дақиқа осон бўлмаганди, "Динамо" билан ўйинга ўзига ҳос куч топа олдик"  2 18:00Лукаку: "Роналду каби 40 ёшгача ўйнашни хоҳлардим"  2 17:10Бэйл "Кардифф"ни сотиб олиб, уни АПЛга олиб чиқмоқчи  2 16:43Энрике Клублар ўртасидаги ЖЧ стадионларидаги майдонлар ҳолатидан нолиди  9 16:18ЎФА раҳбарияти Майамидаги ФИФА Ижроия футбол саммитида қатнашди  3 15:56Маскерано: "Интер Майами" дунёнинг энг яхши 16 жамоаси қаторига кирди"  18 15:34"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди?  9 15:14МЮ Мбеумо учун курашда пешқадам ва у учун катта пул ажратишга тайёр  1

RPL. "O'zbek derbisi"da Oston O'runov jamoasi safardan g'alaba bilan qaytadigan bo'ldi Yangiliklar

RPL. "O'zbek derbisi"da Oston O'runov jamoasi safardan g'alaba bilan qaytadigan bo'ldi

Teglar :  "Rostov"RPL"Ufa"
Rossiya premer-ligasi 27-turidan joy olgan "Rostov" - "Ufa" uchrashuvi yakunlandi.


Rostov – Ufa 1:2 

«Rostov-Arena»

Gollar: 1:0 – 27 Xadjikadunich, 1:1 – 68, penalti Fomin, 1:2 – 75 Krotov.

Rostov – Pesyakov, Osipenko, CHernov, Xadjikadunich, Bayramyan (Logashov, 67), Popov (Glebov, 67), Mamaev, Zaynutdinov (Saplinov, 76), Normann, Ionov, SHomurodov (Proshlyakov, 86).

Ufa – Belenov, Krugovoy, Tabidze, Suxov (Urunov, 63), Nikitin, Fomin, Golubev, Giorgobiani (Krotov, 62), Aliev, Alikin, Agalarov (Kozlov, 62).

Ogohlantirishlar: Popov (45), Tabidze (61), Bayramyan (67), Glebov (83), Aliev (85), Normann (86), Proshlyakov (89), Logashov (90).


Uchrashuv yakunlandi. "Ufa" mehmonda "Rostov"ni enga oldi - 1:2!  Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Salomat bo'ling.

90+3. "Rostov" ancha sust o'yin ko'rsatmoqda, jamoa juda charchab qoldi. 

90+1. Logashov qo'polligi uchun jazolandi. 

O'yinga 6 daqiqa qo'shildi. 

89. Proshlyakovga qoida buzish uchun sariq kartochka ko'rsatildi. 

87. Uxxx! Oston O'runov raqib jarima maydoni tomonda Normanni aldadi, biroq Logashov yordamga kelib, to'pni olib qo'ydi.  

85. Ostondan ichkariga ajoyib uzatma! Qoyil!  Vaziyatdan oqilona foydalana bilishmadi. Ichkarida Aliev va Normann tortishib ketishdi, ularga sariq berildi. 

83. "Rostov"da o'zgarish: SHomurodov o'rniga Proshlyakov tushdi.

83. Oston O'runovdan qoyilmaqom reyd. Ikki futbolchini aldab o'tgan O'runov Glebov tomonidan yiqitildi, Glebovga sariq berildi.  

79. "Rostov"da o'zgarish: Zaynutdinov o'rniga Saplinov maydonga tushdi.

75. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Krotov Pesyakov darvozasiga yo'l topdi va hisobni 1:2 ko'rinishiga keltirdi. 

72. Oston O'runov markazda faollik namoyish qildi, biroq so'nggi pas noaniq chiqdi.  

70. "Rostov"da 2 ta o'zgarish: Popov o'rniga Glebov, Bayramyan o'rniga Logashov tushirildi.

68. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!!! Fomin penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. 1:1! 

PENALTI!!!!

64. VARda kechiktirilgan bo'lsa-da, penaltiga tortadigan vaziyat ko'rib chiqildi. Malum bo'ldiki, Bayramyan qo'pollik ishlatgan. Unga sariq ko'rsatildi. 

62. "Ufa"da 2ta o'zgarish: Giorgobiani o'rniga Krotov, Suxov o'rniga Oston O'runov tushdi. 

61. Madon markazida "Rostov" futbolchisi Tabidze tomonidan to'xtatib qolindi va unga sariq berildi.  

59. Ionov tezlik bilan chap qanotdan ichkariga kirib bordi va tushunarsiz pas uzatdi.  Keyinchalik ofsayd ekanligi malum bo'ldi.  

57. O'yin qizg'in tarzda kechmoqda, jamoalar bir-birlariga jang taklif etishyapti. 

54. SHomurodov va Nikitin o'rtasida kurash kechdi. Yakunda Nikitin hamyurtimiz tomonidan yiqitildi.

52. "Ufa" futbolchilari to'p "Rostov" himoyachisining qo'liga tegdi, deya penalti talab qilishdi. Vaziyat VARda tekishirildi va hakam o'yin davom etishi kerakligini malum qildi.  

50. Mamaevning to'g'ri darvozabon tomon yo'llagan zarbasi foyda keltirmadi. 

47. "Ufa"dan javob: Agalarovning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

46. "Rostov" bo'limni hujum bilan boshladi, SHomurodovning zarbasi samarasiz yakun topdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus! 

45+2. Alievda yaxshi vaziyat yuzaga keldi, ammo bosh bilan yo'llangan zarba noaniq ketdi. 

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

45. Popov qoidani buzgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

45. ZARBA! Alievning uzoqdan yo'llagan zarbasidan keyin Pesyakov to'pni qo'liga ilib oldi. 

43. O'yinda faollik ancha pasaydi, hozircha "Rostov" to'pga egalik qilmoqda. 

40. Eldor SHomurodov yuqori tezlikda ichkariga kirib bordi va jarima maydoni ichida yiqilib tushdi, himoyachi tomonidan qoida buzilmadi deb topildi. 

37. Ionov Pavel Mamaevga noqulay pas berdi, bu vaziyatda Pavel hech narsa qila olmay qoldi. 

35. Valeriy Karpin shogirdlari himoyadan o'yin "quryapti", bu jamoaga qimmatga tushishi mumkin. 

32. Suxov "Ufa"ni uyg'otisha qaror qildi va uzoqdan zarba yo'lladi. Pesyakov to'pni qabul qilib olishda qiynalmadi.

30. "Rostov" himoyadan o'ynay boshladi, hamma himoyaga qaytdi, oldinda faqat SHomurodov qoldi. 

27. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! CHernovning burchakdan uzatgan to'pidan keyin Dennis Xadjikadunich bosh bilan "Ufa" darvozasini ishg'ol etdi! 1:0! 

24. O'yinda "pauza" kuzatildi, hakam futbolchilarga suv ichib olishlari uchun imkoniyat taqdim etdi.  

22. Normann Zaynutdinovga pas uzatdi, u esa to'pni o'ziga xos fint bilan Bayramyanga etkazishga urindi, "o'xshamadi". 

21. Osipenko va Agalarov o'rtasida to'qnashuv yuz berdi, hakam buni o'yindagi oddiy vaziyat deb baholadi. 

19. Popovning jarimadan tepgan to'pi to'g'ri borib jonli devorga tegdi, qaytgan to'pni Normann tepdi, noaniq. 

18. Zaynutdinovdan ajoyib reyd, ammo u himoyachilar tomonidan yiqitildi, jarima zarbasi belgilandi. 

16. ZARBA! Zaynutdinovning bosh bilan yo'llagan zarbasi va to'p Belenovning qo'lida.  

15. Belenov erkin zarbani o'yinga kiritadi, negadir vaqtni cho'zayotgandek tuyulmoqda, balki o'yin tempini pasaytirmoqchidir. 

13. "Ufa" burchak to'pini o'yinga kiritdi, Popov uzutmani texnik jihatdan o'ziga bo'ysundira olmadi. 

12. Agalarov yakkama-yakka kurashda Xadjikadunichni ayab o'tirmadi, hakam esa negadir jim.

11. "Rostov"da qarshi hujumga o'tib ketish imkoniyati tug'ildi, biroq Krugovoy Zaynutdinovning oyog'iga tepib, qoidani buzdi. 

7. "Rostov" nazoratni qo'lga olishga urinyapti. Avval Zaynutdinov, endi Normann uzoqdan zarba berdi.

6. Eldor SHomurodov faolligi evaziga to'pni raqibdan olib qo'ydi va shu zahoti yiqitildi.  

5. Uxxxx! Zaynutdinovning zarbasi xavfli ko'rinish oldi, bir oz aniqlik etishmadi. 

1. O'yin boshlandi!


"Rostov" chigil yozdi mashg'ulotlarda

"Rostov" stadionga etib keldi 

Tarkiblar bilan tanishing

- Uchrashuv 22:30da start oladi. 


- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun Rossiya chempionati 27-turidan o'rin olgan "Rostov" - "Ufa" o'rtasidagi bellashuvni sizlar bilan birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика