RPL. "Rostov" o'z uyida "Spartak" bilan jangovar durang o'ynadi
21 iyu 2019 01:25
Yangiliklar


RPL. "Rostov" o'z uyida "Spartak" bilan jangovar durang o'ynadi
Uchrashuvda hisob 23 daqiqada Karen Bayramyan tomonidan ochildi. Mazkur vaziyatda hujumni qanotdan Eldor SHomurodov boshlagandi.
Keyin esa 25 daqiqada moskvaliklar forvardi Luis Adriano penaltini aniq amalga oshirib, oradagi farqni tikladi.
Ikkinchi taymning o'rtalarida Georgiy Djikiya burchakdan oshirib berilgan to'pni rostovliklar darvozasiga joylab qo'yib, «Spartak»ni oldinga olib chiqdi.
Uchrashuvning asosiy bo'limiga qo'shib berilgan daqiqalarda esa SHomurodov raqib jarima maydoni yaqinida faollik ko'rsatib, to'pni jamoadoshi Roman Eryomenkoga oshiradi va Eryomenkoning uzatmasidan esa zaxiradan o'yinga qo'shilgan Aleksandr Zuev unumli foydalanib, tablodagi yakuniy hisobni belgiladi.
Rostov – Spartak 2:2
«Rostov-Arena»
Gollar: 1:0 – 23 Bayramyan, 1:1 – 25, penalti Luis Adriano, 1:2 – 66 Djikiya, 2:2 – 90 Zuev.
Rostov – Pesyakov, Kozlov, CHistyakov, CHernov, Sigurdsson, Bayramyan (Zuev, 57), Eremenko, Popov (Saplinov, 80), Normann, Ionov (Gackan, 88), SHomurodov.
Spartak – Maksimenko, Djikiya, Jigo, Ayrton, Eshhenko (Rasskazov, 16), Bakaev (Tashaev, 87), Guliev, Fernando, Zobnin, Luis Adriano, Ponse (Melkadze, 67).
Ogohlantirishlar: Zuev (60), Eremenko (63), Melkadze (73), Bakaev (84), Fernando (88).
FC Rostov Khoren Bayramyan - 23', Aleksandr Zuev - 90' |
Premier League . 2-tur 21/07/2019, 00:30 2
:
2
Tugadi
|
Spartak Moscow Luiz Adriano - 25', Georgiy Dzhikiya - 66' |
Stadion: Rostov Arena
O’xshash yangiliklar

Fikrlar