So’nggi yangiliklar

12:40Алмоез Али: "Ўзбекистонга қарши ўйиндан бошлаб биздан талаб қилинган барча вазифаларни бажарамиз"  1 12:15Вадим Абрамов: "Хотиржамлик билан ғалаба қозондик"  0 11:49Факт. Ўзбекистон Тошкентда Қатарга мағлуб бўлмаган   6 11:28Про лига. 9-турда қайси ҳакамлар ишлашади?   1 10:55“Челси“ сўнгги таклифини юборди  1 10:28“Бавария“ рози бўлди  1 10:05Кевин де Брюйне “Наполи“ билан келишув шартлари очиқланди  0 09:33Италия термасини бошқаришга асосий номзодлар маълум  5 09:02“Ал Насср“ МЮ юлдузини сотиб олиш учун ўз юлдузидан воз кечишга тайёр  1 08:31Криштиану Роналду Португалиянинг Миллатлар лигаси финалидаги ғалабаси ҳақида фикр билдирди  38 08:03ЦСКАни бошқариш учун иккита номзод бор  1 07:35ПСЖ футболчиси Испания — Португалия учрашувида энг яхши бўлди  4 07:09Неъматилло Қуттибоев: "Арислан Юсупбаев ва Аъзамжон Алиевларда жароҳат бор"  0 02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  158 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1

RPL. "Rostov" mehmonda "Krasnodar" bilan durang o'ynadi, SHomurodov 85 daqiqa harakatlandi Yangiliklar

RPL. "Rostov" mehmonda "Krasnodar" bilan durang o'ynadi, SHomurodov 85 daqiqa harakatlandi

CHempionatning 6-turidan o'rin olgan “Krasnodar” o'yingohidagi bahsning matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib bordingiz.

Krasnodar – Rostov 1:1 

"Krasnodar" stadioni 

Gollar: 0:1 – 64 Normann, 1:1 – 72 Berg.

«Krasnodar»: Safonov — Petrov, Gazinskiy (Utkin, 59), Martinovich, Ramires — Klasson (SHapi, 80), Olsson, Kayyu, Vilena (Kabella, 66) — Vanderson, Berg.

«Rostov»: Pesyakov — CHernov, Osipenko, Xajikadunich, Kozlov — Bayramyan (Poloz, 63), Eremenko (Logashov, 85), Ionov (Dolgov, 73), Normann, Xasimoto (Glebov, 73) — SHomurodov (Toshevski, 85).

Ogohlantirishlar: Petrov (27), Eremenko (28), Martinovich (63), Toshevski (90).


O'yin tugadi. Jamoalar o'zaro durangga imzo chekishdi.

90+3. "Krasnodar"dan kuchli bosim, Karpin shogirdlarini faollashishga chaqirmoqda. 

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

90. Toshevski juda qo'pol o'ynagani bois ogohlantirish oldi. 

88. "Krasnodar"dan ketma-ket hujumlar, "Rostov" shunchaki himoyalanishga majbur bo'lmoqda. 

86. Vau! Vanderson chap qanotdan hujumga o'tdi, u ikki kishini aldab o'tdi.

85. "Rostov"da 2 ta o'zgarish: SHomurodov o'rniga Toshevski, Eremenko o'rniga Logashov o'yinni davom ettiradi. 

82. Vaaauuu! Mana buni legioner desa bo'ladi - Kabella!  Qarshisidan chiqqan futbolchilarni aldab o'tib, jarima maydoni ichiga kirb borib, zarba yo'lladi! Pesyakov to'pni qaytara oldi. 

80. "Krasnodar"da almashtirish: Klasson o'rniga SHapi tushirildi. 

79. Zarba! "Krasnodar" qarshi hujumga o'tdi, Vandersonning uzoq burchak tomon yo'llagan zarbasi ozgina noaniq ketdi. 

79. SHomurodov hujumda Kayyuga nisbatan qoidani buzdi deb topildi. 

78. Oxirgi daqiqalarda "Krasnodar" ustunlikni o'z qo'liga oldi.

75. Petrov dahshat o'yin ko'rsatmoqda, u qanotdan hujumga o'tdi va to'qqizlik tomon zarba berdi, sal noaniq.

74. Futbolchilar suv ichib olishlari uchun imkoniyat taqdim etildi. 

73. "Rostov"da 2 ta o'zgarish: Ionov o'rniga Dolgov, Xasimoto o'rniga Glebov tushdi.

72. GOOOOOOOOOOOOL! Berg hisobni tenglashtirdi - 1:1!  Petrovdan ajoyib pas va Bergdan gol. 

70. Kayyuning bosh bilan yo'llagan zarbasi Pesyakovga qiyinchilik tug'dirmadi va u to'pni ushlab oldi. 

67. Zarba! Kabella Utkinni ideal pas bilan taminladi, uning zarbasi darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi. 

66. "Krasnodar"da o'zgarish: Vilena o'rniga Kabella tushdi. 

64. GOOOOOOOOOOOOLL! Normann jarima zarbasidan gol urdi - 0:1! 

63. "Rostov"da almashtirish: Bayramyan o'rniga Poloz tushdi. 

63. SHomurodov Martinovich tomonidan yiqitildi, u ajoyib vaziyat hosil qilishi mumkin edi. 

60. Zarbaaa! Ooxx qanday zarba! Olssondan ajoyib zarba, Pesyakovdan qoyilmaqom seyv! 

59. "Krasnodar"da o'zgarish: Gazinskiy o'rniga Utkin tushdi. 

57. Utkin maydonga tushishga shay. "Krasnodar" hujum chizig'i kuchaytiriladi. 

55. Ionov tezkorlik bilan oldinga intildi, ammo uning zarbasi Kozlovga tegib qoldi.

54. Vanderson – CHernov dueli. "Rostov"dan pressing va braziliyalikka jiddiy bosim ko'rsatildi.  

51. Zarba! Vanderson yana bir bor zarba yo'lladi, bu gal ham himoyachilar qaytarishdi, aniqrog'i, Xajikadunich o'z vaqtida etib keldi. 

49. Zarba! Vandersoninng zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi. 

48. Xasimoto maydon markazida Vandersonni yiqitdi, "Krasnodar" hujumi ochiqchasiga "buzildi". 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob - 0:0. Tanaffus! 

45+2. "Rostov" faollikni oshirdi, Bayramyan va Eremenko jonbozlik ko'rsatishmoqda.

Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi. 

42. SHomurodov tomon uzatma, u yiqildi, ammo penalti yo'q.

40. "Rostov" jarima zarbasiga ega bo'lmoqda.

38. SHomurodovning boshi bilan yo'llagan zarbasi anchagina noaniq va kuchsiz.

34. "Rostov" raqiblarining xatolarini kutmoqda. Biroq "Krasnodar" ham hadeganda xato qilmayapti.

30. VAR ishga tushdi. Bosh hakam Karasevning o'zi "Krasnodar" darvozasi tomon extimoliy penaltini ko'rib chiqdi. Biroq penalti berilmadi.

26. Eremenko hamda Petrov munozaraga borgani uchun sariq kartochka ishlab olishdi.

24. Yo'q, hech nima bo'lmagan. Rostdan ham, "Krasnodar" futbolchilarining etirozlari o'rinsiz.

23. Uxxxx!! VAR ishga tushdi. "Rostov" darvozasiga extimoliy penalti ko'rilmoqda.

21. ZARBAAAAAA!! EREMENKOOOOO!! Kozlovning pasidan keyin Eremenko darvozaning yaqin burchagini nishonga oldi. To'p ustunga tegib, maydonni tark etdi. "Krasnodar"ning omad kelmoqda.

20. Hakamlar kichik xato qilishdi. CHernov qanotdan to'pni darvoza yoniga oshirgandi. To'p maydondan tashqariga chiqib ketmagani ko'rinib turgandi. Biroq qaror "Krasnodar" foydasiga chiqarildi.

17. ZARBAAAAAAAA!! Bayramyanning chiroyli pasidan keyin SHomurodov o'tkir burchakdan darvozani aniq nishonga ola bilmadi. Darvozabon to'pni qaytardi.

14. "Rostov" hujumga o'tdi. Bayramyanning SHomurodovga mo'ljallangan pasini Kayyu egallab oldi.

9. ZARBAAAAAA!! Gazinskiy markazdan "Rostov" darvozasi yaqiniga to'pni oshirdi. Berg yaqin masofadan aniq zarba yo'llay olmadi.

7. SHomurodov chalqanchasiga zarba yo'lladi. Safonov to'pni ushlab oldi.

4. "Krasnodar" hujumga o'tdi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Tomonlar tanlab olindi.

- Ulkan stadion, pandemiya sababli tribunalar to'la emas. Uchrashuvni boshlash uchun barcha ishtirokchilar shay bo'lib turishibdi.

- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Bugun etiborimiz "Krasnodar" stadioniga qaratiladi. Ushbu o'yingohda bugun Eldor SHomurodov va "Rostov" mehmon bo'ladi. Uchrashuvni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика