Ro'zmat Quryozov: "Katta qiyinchilik bilan bo'lsa-da, g'alaba nashidasini surdik"

Narzulla Saydullayev
11 may 2016, 07:27
O'zbekiston Birinchiligining 8-turidan o'rin olgan "Oq-tepa" - "UzDongJu" (3:2) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ro'zmat Quryozovning fikrlari bilan qiziqdik.
-Ketma-ket ochkolar yo'qotilganidan so'ng, futbolchilar bilan suhbatlashib oldik. Shu yig'ilishdan so'ng bugun hamma o'z vazifasini to'g'ri bajardi. Yani, intizomli o'yin ko'rsatdik. Barcha futbolchilar o'z joyida bexato to'p surdi. Shuning natijasi o'laroq katta qiyinchilik bilan bo'lsa-da, g'alaba nashidasini surdik. Bugun jamoaning o'yini yaxshilanayotgani ko'rindi. Nasib qilsa, keyin bahslarda ham o'zimiz xohlagandek o'ynab, g'alabalarimiz sonini ko'paytiramiz, - deydi murabbiy.

"Oq-tepa" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia