So’nggi yangiliklar

14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  0 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  0 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  1 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  2 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  4 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  3 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  3 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  5 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3

Ro'ziqul Berdievni tabriklaymiz! Yangiliklar

Ro'ziqul Berdievni tabriklaymiz!

Bugun "Nasaf" klubi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z tug'ilgan kunini nishonlamoqda.

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar ustozi 47 yoshga to'ldi.

Berdiev 1997 yildan beri "Nasaf" bilan birga. 2008 yilda professional futbolchilik faoliyatini yakunlab murabbiylar shtabiga qo'shildi. "Nasaf" safida 314 marta maydonga tushgan futbolchi uzoq yillar jamoaga sardorlik ham qilgan.


SHuningdek, Berdiev 408 marta maydonga tushib, mamlakatimizda eng ko'p maydonga tushgan faxriy futbolchilar qatorida ham turadi. Ro'ziqul Berdiev "Nasaf" klubi bosh murabbiyi sifatida chempionatimizda 4ta bronza va 1ta kumush medalni qo'lga kiritdi. Bir martadan O'zbekiston Kubogi va Superkubogida ham zafar quchdi. 4 marta esa O'zbekiston Kubogi finalchisi bo'ldi. 3 marta O'zbekistonning eng yaxshi murabbiyi bo'lgan Berdiev, 5 marta Osiyo CHempionlar ligasida "Nasaf" bosh murabbiyi sifatida ishtirok etdi. Sadullaevich bosh murabbiylik faoliyatida uch karra mamlakatimizning eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etilgan. "Nasaf"ni milliy chempionatimizda 177 marta maydonga boshlab tushgan Berdiev, 106 marta raqiblarini dog'da qoldirdi.



"Nasaf" PFK rahbariyati, murabbiylari, futbolchilari hamda vohalik futbol ishqibozlari nomidan u kishini bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy tabriklaymiz. Ro'ziqul Sadullaevichga sihat-salomatlik, uzoq umr va baxt-saodat tilaymiz. Oila azolari baxtiga va barcha futbol muxlislari baxtiga doimo bor bo'ling! Tilagimiz, har doim shunday elimiz ardog'ida bo'ling!

Tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin!


"Nasaf" PFK jamoasi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика