So’nggi yangiliklar

09:20Туркиялик футболчининг трансфер нархи 80 миллион евро этиб белгиланди  0 08:59ФИФА президенти яна бир бор Ўзбекистон ҳақида фикр билдирди  1 08:15"Челси" январда 50 миллион фунтлик трансферни амалга оширмоқчи  0 07:45Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси Каннаварони терма жамоаси устози бўлгани ҳақида фикр билдирди  6 01:57"Интер" кетма-кет 5 та пенальти қайтарган дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 01:18Левандовски билан можаро сабаб ишсиз қолган мутахассис Қозоғистон терма жамоасини бошқариши мумкин  4 00:49"Бавария" "Барселона", "Ливерпул" ва "Реал" қизиқаётган ҳимоячи билан боғланди  0 00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  1 23:31УЕФА "Барселона" ва "Милан"га АҚШ ва Австралияда ўйин ўтказишга рухсат берди, лекин ташкилот миллий лигалар ўйинларини чет элда ўтказишни қўллаб-қувватламайди  0 22:31ФИФА президенти Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийини табриклади  39 22:00"Барселона" Араухони қанчага сотмоқчи?  6 21:36"Қайрат" бош мураббийи Калмурзага машина совға қилиниши ҳақида: "Агар ёрдам бермоқчи бўлсангиз – клубга автобус ёки микроавтобус совға қилинг. Бир кишини алоҳида ажратиш нотўғри, бу жамоавий спорт"  6 21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  2 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  7 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  2

Ro'ziqul Berdiev: "Viloyat hokimi bilan uchrashuvda shartnomasi tugaydigan futbolchilar bilan kelishuvni uzaytirish taklifini bildirdim" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Viloyat hokimi bilan uchrashuvda shartnomasi tugaydigan futbolchilar bilan kelishuvni uzaytirish taklifini bildirdim"

Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Mashal"(4:1) o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mezbon jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev fikrlarini bildirib o'tdi.

"Muxlislarni va futbolchilarni g'alaba bilan tabriklayman. Raqibimiz himoyadan o'yinni to'g'ri tashkil qiladigan jamoa edi. Ular beshta himoyachi bilan o'ynashini kutgan holda tayyorgarlik ko'rgandik. Yigitlarni bugungi uchrashuvga ruhan va taktik jihatdan puxta tayyorlashimiz talab etilardi. SHunga qaramasdan biz ko'p vaziyatlarni yarata oldik. Bu hisobda ham aks etib turibdi. Nima uchun ruhiy tomondan tayyorlashimiz kerak edi, raqib beshta himoyachi bilan o'ynardi. SHu bois yigitlardan shoshilmaslikni va asabiylashmaslikni so'radik. Vaziyatlarni golga aylantirdik va uch ochkoni qo'lga kiritdik. 

- Bobir Abdixoliqov gollar urmoqda. Lekin, 11 metrlik nuqtadan gol urishda tajribasi etishmayotgandek...

- Penalti tepishda ko'proq sovuqqonlik kerak. Buni yigitlarga ko'p o'rgatamiz. Ko'proq bu ruhiy holatga bog'liq. Bugun penaltini SHarof tepishini yigitlardan so'ragan edim. Muhimi g'alaba qozondik. Bobir bugun ikkita gol urib to'purarlar qatorida yuqoriga chiqib oldi. 

- Oybek Bozorovning jarohati qay darajada jiddiy?

- U bizning asosiy futbolchimiz. Oybekning yo'qligi bilinyapti albatta. Hujum chizig'idagi etakchi o'yinchilarimizdan biri hisoblanadi. Terma jamoadan ham chaqiruv olgan. Bugun harakat qilgan Husayn Norchaev ham ishonchni oqladi. Mashg'ulotlarda og'riq sezgani uchun tavakkal qilishni istamadik. "Navbahor" bilan o'yinda ham zaxiradan maydonga tushdi, lekin foydasi tegmadi. Kechagi va avvalgi mashg'ulotlarda jarohati bezovta qilgani uchun uni bugun qaydnomaga ham kiritmadik. 

- SHifokorlar bu borada qanday fikr bildirishmoqda?

- Hozir ham shuni so'radim. Oldinda tanaffus bor. Biz uchun bari yaxshilik bilan tugaydi deb o'ylayman. Tanaffus davrida uni davolab safga qaytarishga harakat qilamiz. 

- Dilshod Rahmatullaev bugun asosiy tarkibda tushmadi?

- Avvalgi o'yinlarda maydonga tushgani uchun bugun rotatciyalarga qo'l urdik. Hamma futbolchilarimiz o'yin amaliyotiga ega bo'lib turishi kerak. Dilshod avvalgi ikki uchrashuvda ishonchli o'yin namoyish etgan edi. SHunchaki, bugun Akmal Mozgovoyga imkoniyat berishga qaror qildik. 

- Faysal Traore bugun ko'rinish bermagani nima bilan bog'liq?

- Faysalning belida kichik jarohati bor. Bu narsa "Navbahor" bilan o'yindan oldin yuz bergan. Hozirda u ham jarohatini davolash bilan band.

- "Nasaf" jamoasining futbolchilari maosh olmayotganligi bilan bog'liq gaplar tarqalgan edi. Viloyat hokimi bilan uchrashuvda nimalar muhokama qilindi, qaysi futbolchilarni olib qolish masalasi ko'tarildi?

- Viloyat hokimimiz Zoir Toirovichni klubimizdagi ishlardan xabari bor. Ularni o'zlari tashabbus ko'rsatib yordam berishga kirishdilar. Albatta, bu masalalar o'z echimini topadi degan umiddaman. SHartnomasi tugaydigan futbolchilar bilan kelishuvni uzaytirish taklifini bildirdim. CHunki, yaxshi bilasizlar asosiy tarkibimizdagi to'rt nafar futbolchining shartnomasi tugayapti. Ular bilan shartnomani uzaytirishimiz kerak. 

- SHartnomasi tugayotgan futbolchilardan kimlarga boshqa jamoalardan takliflar bor?

- Jamoamizdagi barcha futbolchilarga takliflar bor. Albatta, jamoamizni kuchsizlantirishni istamaymiz. Qolganini vaqt ko'rsatadi.

- SHogirdingiz Aziz G'anievning xorijdagi faoliyati haqida nima deya olasiz?

- Ko'rib xursand bo'lyapmiz. Avval ham aytgandim, Aziz o'z jamoasining etakchi futbolchisi bo'la oladi. Bunga uning qobiliyati ham, harakteri ham etadi. Unga ishonaman. SHogirdlarimizning OCHLdagi o'yinlarini ko'rib xursand bo'ldik.

Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика