So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  0 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  6 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  1 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  2 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  5 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  0 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Ro'ziqul Berdiev: "Vaziyatga real qaraymiz, biz ayni paytda kuchli uchlikka kirishga qodir emasmiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Vaziyatga real qaraymiz, biz ayni paytda kuchli uchlikka kirishga qodir emasmiz"

Superliga 10-tur doirasidagi "Nasaf" - "Lokomotiv" (0:1) uchrashuvidan keyin "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bugun tajriba o'z so'zini aytdi va hal qiluvchi rolni o'ynadi. "Lokomotiv" tajriba evaziga g'alaba qozondi. SHunga qaramasdan futbolchilarimiz oxirigacha kurashishdi. To'g'ri, hayajon sezildi. Lekin jamoamiz kuchli raqib qarshisida yomon ko'rinishmadi. Agarda yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirganimizda, unda natija ham qoniqarli bo'lardi. Abduxoliqovning golidan avval Rashidxonov o'z imkoniyatinidan unumli foydalanganida, hammasi boshqacha bo'lishi mumkin edi. Futboldagi sen urmasang, senga urishadi qoidasi amalda ruy berdi. O'ylaymanki, tarkib butkul yangilangani, yosharganiga qaramasdan jamoamiz chizgisidagi o'yinni saqlab qolishga erishdik. "Lokomotiv" bilan ham tengma-teng o'ynadik. Bugungi o'yin uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildirdim. SHuningdek, muxlislarimizga ham bizga bildirayotgan ishonchi uchun katta rahmat! Aynan ishqibozlarimiz bizlarni har doim qo'llab, bizga dalda bo'lishmoqda.

Vaziyatga real qaraylik, biz ayni paytda kuchli uchlik uchun kurashishga qodir emasmiz. Tarkib butkul o'zgardi. Bir yilda tuzilgan jamoa bilan yuqori o'rinlar uchun kurashish qiyin. Asosiy maqsadimiz, yosh futbolchilarning tajribasini oshirish, har o'yinga esa maksimal harakat qilish. Yuqori o'rinlar uchun kurashish esa nihoyatda qiyin bo'ladi. Balki ikkinchi davrada tarkibga tajribali futbolchilar qo'shilsa, yoki legionerlar kelsa, balki vaziyat o'zgarishi mumkin.

Biz asosiy tarkibni yo'qotganimizga qaramasdan, o'zimizning uslubdagi, imzoimiz ostida futbolni saqlab qolganimiz katta yutuq. Buni yanada shakllantiri, takomillashtirishga intilamiz. 

Liga Kubogi? Ochig'i bu musobaqa bizga nima berishini bilmadim. Ayni damda ko'plab futbolchilarimiz OTJ yig'iniga jo'nab ketishadi. Biz esa asosiy tarkibga kam tushayotgan yosh futbolchilarga imkoniyat beramiz. Bu musobaqa kim bilan o'ynashimizdan qati nazar o'yin amaliyotisiz qolib ketayotgan futbolchilarni tushirib, maksimal harakat qilamiz.

Islom Kenjaboev mashg'ulotlarda jarohat olgani bois o'yinda ishtirok etolmadi. Bugun uning yo'qligi ham o'z tasirini o'tkazdi. CHunki tezkor futbolchilar orqali raqib hmoyasini yorib o'tmoqchi edik. Lekin bu bahona bo'lib qolmasligi kerak. 

Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика