So’nggi yangiliklar

18:06"Бунёдкор" стадионида тахминан 2 ой футбол ўйнаб бўлмайди  0 17:53Суперлига. "Хоразм" – "Сурхон". Таркиблар эълон қилинди  0 17:39Суперлига. "Шўртан" "Бунёдкор"ни Тошкентда ютмаган  0 17:15"Реал" Родригога ўринбосар топиб қўйди  2 16:52"Одатда майдон ўзига келиши учун 6-8 ҳафта керак бўлади. Билим бўлмаса, бир зумда майдонни "ўлдириб қўйиш" мумкин" — агроном  6 16:32Суперлига. "Қизилқум" – "Бухоро". Превью  2 16:16Концертдан кейинги "Бунёдкор"  16 16:04Суперлига. 18-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  6 15:50Арда Гюлер Женнифер Лопезнинг концертига ташриф буюрди, Антуан Гризманн касбини ўзгартиради. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  8 15:30Суперлига. "Хоразм" – "Сурхон". Превью  2 15:07"Қизилқум" собиқ футболчиси Сербия клубига қайтди  0 14:40"Челси" асосий ҳимоячиси машғулот вақтида жароҳат орттириб олди  4 14:12Россия октябрь ойида Эрон терма жамоаси билан ўйнайди  1 13:42"Тоттенхэм" асосий ярим ҳимоячисини узоқ вақтга йўқотди  0 13:14Расман: "Реал" собиқ ҳужумчиси "Алавес"га ўтди  0

Ro'ziqul Berdiev va Vadim Abramov O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi bilan uchrashdi Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev va Vadim Abramov O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi bilan uchrashdi

Bu haqida O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi matbuot hizmati xabar qildi.

Xabarda shunday deyiladi:

Xabar berganimizdek, Tailandda o'tayotgan futbol bo'yicha U-23 Osiyo chempionatida terma jamoamizni qo'llab-quvvatlash uchun taniqli murabbiylarimiz Ro'ziqul Berdiev hamda Vadim Abramov bugun Tailandga etib kelishdi. Har ikki mutaxassis biroz avval terma jamoamiz vakillari bilan uchrashib, ularni ruhlantirdilar. 

“Yigitlar, biz Toshkentda barcha o'yiningizni ko'rib turdik. Ha, Koreyaga qarshi o'yin qiyin bo'ldi. Lekin musobaqani kuzatib borayotgan mutaxassis sifatida shuni ayta olamanki, boshqa hech bir jamoaning Sizlardan ustun joyi yo'q. Janob Drulovich yaxshi murabbiy. Ishonamizki, bu kishidagi bor tajriba Sizlarni kerakli natijaga erishishingiz uchun etarli. Buyog'iga har bir raqibni “yanchib” tashlash kerak. Nasib qilsa, Koreyadan finalda revansh olamiz”, – dedi “Nasaf” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev. 

“Barchangizning imkoniyatingizni yaxshi bilamiz. Sizlar o'zbek futboli tarixida yangi sahifa ochishga juda yaqin turibsizlar. Buyog'iga ham bo'shashmasdan faqat olg'a harakat qilish kerak. Uyda ota-onangiz va xalqimiz Sizlardan g'alaba kutishmoqda”, – dedi O'zbekiston MTJ va “Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov. 

Takidlash joiz, murabbiylar ertaga terma jamoamizning BAAga qarshi bahsi oldidan yigitlarni qo'llab-quvvatlash uchun kelishgan va Lyubinko Drulovich boshchiligidagi murabbiylar shtabining faoliyatiga aslo halal berishmaydi.

Reyting: +130   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика