So’nggi yangiliklar

11:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Англия билан ўйнайди!  0 10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  1 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  0 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  1 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  4 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  10 08:25Лига Кубоги. "Интер Майами" ғалаба қозонди, Месси ўз ҳисобига иккита голли узатма ёздириб қўйди  5 08:01"Андижон" трансфернинг сўнггида яна икки нафар футболчи билан шартнома тузди  3 07:34"Навбаҳор" икки нафар "Олимпик"нинг собиқ футболчилари билан шартнома имзолади  1 03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  3 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  8 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  4

Ro'ziqul Berdiev tarkibdagi muammolar, hujumchilarning harakati va raqib haqida gapirdi (to'liq matbuot anjumani) Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev tarkibdagi muammolar, hujumchilarning harakati va raqib haqida gapirdi (to'liq matbuot anjumani)

OCHL pley-off uchrashuvidan o'rin olgan "Nasaf" - "Al Ayn" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Abduvohid Nematov matbuot anjumanida qatnashdi.

– Murabbiy va uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisining bahs haqidagi fikrlari qanday?

Ro'ziqul Berdiev: – O'yin og'ir bo'ldi. Raqib jiddiy edi, ular hujumda qanday harakat qilishganini ko'rdingiz. Bugun himoyaga etibor qaratib o'ynadik. Agar raqibga ko'proq bosim o'tkazganimizda tezroq charchab qolishimiz mumkin edi. Natija biz kutgandek bo'lmadi, ammo bu mavsumning ilk o'yini. Tayyorgarligimiz qay darajada ekanini ko'rib oldik. Jamoa futbolchilar bu o'yinga har xil holatda etib kelishgandi. Bu albatta o'yinga tasir o'tkazdi.

Abduvohid Nematov: – Biz xohlagan natija bo'lmadi. Raqibimizni yanada yaxshiroq o'rganib, mehmondagi o'yinga faqat g'alaba uchun boramiz.

– SHarof Muhiddinovning almashtirilishi majburiy o'zgarish bo'ldimi?

– Yo'q. Hujumga tezkorlik qo'shish uchun Nasrullaevni maydonga tushirdim. Pozicion almashtirishni maqsad qildik.

– Ko'proq bosim qilganimizda, tezroq charchab qolardik, deb aytdingiz. Bugun hujumda ko'p palapartishliklar ko'zga tashlandi. O'zi umuman o'yinning qaysi paytiga kelib futbolchilarda charchoq alomatlarini sezdingiz?

– Har bir o'yinchimiz qanday holatda ekanidan xabarimiz bor edi. Kim to'liq mashg'ulot o'tkazgan, kim umuman mashq qilmagan, yana kimlar jarohatdan so'ng safga qaytgan – aynan shu jihatlarni hisobga olgandik. SHundan kelib chiqib o'zgarishlarni amalga oshirib bordik. Har bir holatni o'zimiz yaxshi bilamiz. Aytib o'tish kerakki, bugungi tarkibimiz jamoa o'yinchilarining holati va raqibning darajasidan kelib chiqib tanlangandi. Hujumda muammolar kuzatilgani rost. Bobir, Temur va Oybek bir haftagina mashg'ulot o'tkazishdi, bu bilan hammasi yaxshi bo'lib ketmaydi.

– Temur CHogadze bugun yaxshi harakat qildi, ammo u almashtirildi. Bunga nima sabab bo'ldi?

– U qanday potencialga ega ekanini juda yaxshi bilamiz. SHu sabab ham CHogadzeni jamoaga taklif qilganmiz. Biroq, u hujumlarni yakunlashda va so'nggi paslarni berishda biroz sust harakat qildi. Raqib hujumga o'tganda himoyaga yordam berish jarayonida ham bazi pozicion xatoliklarga yo'l qo'ydi. SHu sabab ham uni almashtirdik.

– O'tgan mavsumdagi o'yinlarga etibor qaratsak, "Nasaf" mehmonda yaxshi harakat qilgandi. SHu jihatdan kelib chiqsak, jamoa mehmondagi bahsda ochiqroq va yaxshiroq o'yin ko'rsatadimi?

– Ha, o'tgan mavsumdagi o'yinlarimiz biz mehmonda istalgan raqibga qarshi o'ynay olishimizni ko'rsatgandi. Biroq, barchasi qo'l ostingizdagi o'yinchilarning tayyorgarligiga bog'liq. Masalan, agarda SHerzod Nasrullaev bugun o'yinga 100% tayyor bo'lganda, biz qo'rqmasdan o'zimizning odatiy taktikamizda harakat qilgan bo'lardik. Agarda javob o'yinida shu kabi muammolarga duch kelmasak, bor kuchimizni ko'rsatamiz deb o'ylayman.

– Murod Rahmatov ajoyib o'yin ko'rsatdi. Siz uni bugun qanotda sinab ko'rdingiz. Kelajakda ham u shu poziciyada harakat qiladimi?

– Yana oldingi javobdan kelib chiqib fikr bildiraman. Murod juda universal futbolchi. Unga jiddiy takliflar bo'ldi, biz esa Murodni jamoada olib qoldik. Aytganimdek, bugungi tarkibni mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib tanladim. Masalan, Zafarmurod o'yinga tayyor bo'lganda biz Murod Rahmatovni markazda sinab ko'rgan bo'lardik. Lekin Abdurahmatov terma jamoadan endigina jamoaga qaytdi, shu sabab Rahmatovni qanotda o'ynatdik. U bugun juda katta ko'lamdagi ishni bajardi. Biroq, Murod hujumga qo'shilganda, unga to'pni vaqtida uzatishmadi.

– Ro'ziqul aka, bu mavsumning ilk rasmi uchrashuvi edi. Raqib ham ancha qimmat tarkibga ega. SHu jihatdan qaralsa, bugungi natijadan qoniqdingizmi?

OCHLda arzon tarkibli raqibning o'zi yo'q. Biz boshidan beri qimmat tarkiblarga qarshi o'ynayapmiz. Ular bilan bir darajada o'yin ko'rsatyapmiz, aslo kam emas. "Al Ayn" tarkibidagi futbolchilarning tarkibidagi o'yinchilarning darajasi yuqori. Osiyo kubogida harakat qilgan bir necha o'yinchilari bor. Bunday raqiblarga qarshi oson bo'lmayapti. Yangi kelgan futbolchilarimiz formaga kirib olishsa, o'yinimiz o'z joyiga tushadi. Hamma futbolchilarimiz jismonan tayyor yoki o'yin amaliyotiga ega bo'lib turganda bundan ancha yaxshi harakat qilardik. Etibor bersangiz, "Nasaf" futbolchilari Osiyo kubogida kam o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. Bobir yanglishmasam ikki oydan beri rasmiy o'yinga maydonga tushmagan. SHerzodda jarohat bor. Zoran jamoa bilan besh kun mashg'ulot o'tkazdi. Temur va Bobir o'zaro pas berishda xato qilishdi. Ular bir haftagina birga mashq qilishdi. O'z ustimizda tinmay mehnat qilishmiz kerak. SHundagina kerakli maqsadga etamiz. Jamoaning hozirgi holatidan kelib chiqsak, natijanini yomon deb bo'lmaydi.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика