So’nggi yangiliklar

00:55Конференциялар лигаси. "Челси" Данияда ғалаба қозонди, "Бетис"дан дуранг  0 00:40Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" дуранг ўйнади, "Тоттенхэм" ютқазди ва бошқа натижалар  11 00:18Гвардиола ПСЖ футболчисини "нишонга олган"  0 00:01Европа лигаси. "Рома" - "Атлетик" баҳси асосий таркиблари маълум!  23 23:40"Челси" футболчиси жароҳат олди  0 23:17Дани Алвесни судга беришди  1 22:50Фонсека: "Адолатсизлик"  1 22:15ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  5 21:35ТАРИХ ЯРАТИЛДИ! Абдуқодир Ҳусанов ой футболчиси!  45 21:15Жаҳон чемпионатида иштирокчилар сони янада оширилиши мумкин!  21 20:42Моуринью: "Мени дисквалификация қилганлар "Галатасарой" либосида буни нишонлади"  6 20:23А Серияда ойнинг энг яхши футболчиси маълум қилинди  3 19:58Ўзбекистон футзал федерацияси расмий ҳомийси эълон қилинди  1 19:33"Бавария" Нойер жароҳати борасида расмий хабар берди  3 19:28"Барселона" Ансу Фати билан келишувга эришди  8

Ro'ziqul Berdiev: "Stanoevich bilan bir jamoada o'ynagan legioner hujumchini tarkibga jalb etmoqchimiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Stanoevich bilan bir jamoada o'ynagan legioner hujumchini tarkibga jalb etmoqchimiz"

Coca-Cola Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Nasaf" – "So'g'diyona" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.





- O'yin haqida

- Bugungi o'yin kurashlarga va hissiyotlarga boy tarzda o'tdi. Biz hech qachon futbolchilarga maydonda hissiyotga berilinglar yoki urishinglar deb ko'rsatma bermaymiz. Bugun futbolchilarimiz o'zlarini noodatiy tutishgan bo'lsa, bu bo'yicha jamoamiz nomidan uzr so'raymiz. Ular tegishli tartibda qizil kartochka bilan jazolanishdi. Bu xolat keyingi o'yinlarda natijamizga tasir ko'rsatishi mumkin. Bugun haqiqatan etakchi jamoalar g'alaba uchun harakat qilishdi. Umuman olganda, yomon o'yin bo'lmadi deb o'ylayman. "So'g'diyona" yaxshi shakllangan, tajribali jamoa, ular bejiz yuqori o'rinlarda yurganlari yo'q. Bugun tarkibimizda ayrim futbolchilarda shamollash alomatlari borligi uchun o'zgarishlarga qo'l urdik. Yo'qotilgan ochkolarni bugungi kabi qiyin o'yinlarda tiklashimizga to'g'ri kelyapti.

- Xusayin Norchaevning jarohati jiddiy emasmi?

- O'ylaymanki, jiddiy emas. Hozir jamoamiz shifokoridan so'radim, muskullarini ozroq jarohatlab olibdi. Nasib bo'lsa, Norchaev keyingi o'yingacha tiklanadi.

- Umar Eshmurodovda ham qo'li bilan bog'liq jarohat bordek ko'rindi...

- Yo'q, Umar Eshmurodovda ham shamollash alomatlari bor edi, qo'li bilan bog'liq emas. SHunga qaramay, u jasorat ko'rsatib maydonga chiqdi.

- Kenjaboevni "Nasaf"ga qaytarish varianti ko'rib chiqildimi?

- Muxlislarga aytmoqchiman, biz Kenjaboevni agenti bilan bog'landik. Agar u jamoamizga qaytsa xursand bo'lishimizni aytdik, biroq negadir u "Qizilqum" taklifini maqul ko'rdi.

- Oybek Bozorovni zaxirada qoldirilishi ikkinchi bo'limda jamoa o'yinini kuchaytirish uchun amalga oshirilgan uslub edimi?

- Yo'q, Qo'qondagi o'yindan so'ng Bozorovda ham shamollash alomatlari bor edi. U ikki kun mashg'ulotlarda qatnashmadi. SHu sabab uni zaxirada qoldirdik, agar asosiy tarkibda tushganida 30 daqiqa ichida unda charchoq alomatlari ko'rinib qolardi. Fikrimcha, hammasi to'g'ri bo'ldi.

- "So'g'diyona" jamoasi futbolchilari va murabbiyining harakatlarini qanday baholaysiz?

- Ulug'bek Baqoevni yaxshi bilaman. Jamoasi ham o'zi kabi xarakterga ega. Bu kabi o'z xarakteriga ega bo'lgan jamoalarga mag'lubiyat yoqmasligi aniq. Bugun ular birinchi mag'lubiyatni qabul qilib olishdi, shu sabab hissiyotlarga berilgan bo'lishlari mumkin. Ularni ayblamagan bo'lardim.

- Abduvohid Nematov bugun asabiy ko'rindi. Bu o'yin surati bilan bog'liqmi?

- O'yin surati bilan ham bog'liq. Men futbolchilardan maydonda sport qonunlariga amal qilgan xolda kurashishlarini talab qilaman.

- Transfer oynasi ochilyapti. Qanday rejalar mavjud? 

- Islom Kenjaboevni tarkibda ko'rishni juda ham istagandik, chunki qanotlarni kuchaytirishimiz kerak. Yaqin kunlarda Marko Stanoevich bilan bir jamoada o'ynagan legioner hujumchini tarkibga jalb etmoqchimiz. Aniq bo'lsa, siz jurnalistlar orqali muxlislarga etkazamiz.

Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика