So’nggi yangiliklar

16:43Дамир Темиров: "Шацкихни бир сўз билан айтганда — топ мураббий"  0 16:29Эшитдик-да! Шерзод Насруллаевнинг Польша клубига трансфери амалга ошмай қолди. Нега?  4 16:27Қосимовнинг ОКМКси "Пахтакор"ни енгиб 2-ўринга чиқиб олган беллашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 14:52Рубен Санчес: "Қадам-бақадам олдинга юришимиз лозим"  1 14:22Гиорги Папава: "Пахтакор"га қарши қандай ўйнашни ва мағлуб этишни ўрганиб олдик"  4 13:30МЮ Шешко бўйича таклифини оширди  6 12:59Италияда жамоа Б Серияга тушиб кетса футболчиларнинг маоши автоматик тарзда сезиларли даражада камаяди  0 12:19"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" ҳужумчиси бўйича келишувга эришди  3 11:49Мураббий илк бор ҳакамларни тайинлаш қўмитасига киритилди   2 11:32"Реал" тарбияланувчиси энди асосий жамоа билан шуғулланади ва 9-рақамни олади  1 10:42Рахим Стерлинг фаолиятини бошқа бир Лондон клубида давом эттириши мумкин  6 10:10АПЛнинг 4 та клуби ПСЖ ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 09:37Зидан келаси йил мураббийликка қайтади  9 09:06Шукрон Йўлдошев: “Жамоамизни муҳим баҳс кутиб турибди”  3 08:35Сон МЛС тарихидаги энг қиммат трансферга айланади  1

Ro'ziqul Berdiev: “Safardagi durang biz uchun qoniqarli bo'ldi” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Safardagi durang biz uchun qoniqarli bo'ldi”

OCHL "D" guruhi 3-tur o'yini "Al Ahli" - "Nasaf" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining dastlabki qismida "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.
"O'yin og'ir bo'ldi. Uchrashuvni ko'p qismini himoyada o'tkazdik. Bizni bu o'yindagi taktikamiz ko'proq himoyalanish edi. Kuchli raqib bilan ochiq futbol o'ynab bo'lmaydi. "Al Ahli" bellashuv davomida ustunlik qildi. Bizdayam imkoniyat bo'ldi. Kuchli raqib maydonida durang uynash biz uchun qoniqarli deb aytish mumkin", - deb gap boshladi Ro'ziqul Berdiev.

-O'yindan maqsad bir ochko olishmidi? Bu borada omad keldi deb hisoblaysizmi?
- Ikkala jamoadayam gol urish uchun vaziyatlar bo'ldi. Omadga bog'lash to'g'ri emas. Biz yaxshi himoyalana oldik. Natijadan qoniqdik. Qo'shimcha sifatida aytish mumkin: guruhda barcha jamoada keyingi bosqichga chiqish imkoniyati bor. Maqsadimiz keyingi bosqiga chiqish. Bu oson bo'lmaydi. CHunki raqiblarimiz judayam kuchli.

-Sizningcha kimlar keyingi bosqichga chiqadi?
- Bu haqda aytolmayman. Buni o'yinlar ko'rsatadi.

-Keyingi o'yin haqida nima deya olasiz? Qarshida Al Ahliga qarshi qanday o'yin kutsak bo'ladi?
-Uyda hujumkor o'ynaymiz. Bugungi uchrashuvda o'z uyinmizni ko'rsata olmadik. Ob-havo ham anchagina issiq edi. Qarshida bugungidan shiddatliroq o'ynashga harakat qilamiz.

-Raqibning eng havfli futbolchisi kim?
-Yaqinda xarid qilingan Ribeyro va 7-raqamdagi Hammadi ancha xavfli futbolchilar hisoblanishadi. Bugun ham ular o'zlarini yaxshi tomonlarini ko'rsata olishdi.

"Nasaf" matbuot xizmati hamkorligida tayyorlandi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика