So’nggi yangiliklar

16:50Расман: Эрон терма жамоаси ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтди  1 16:27"Манчестер Юнайтед" Муҳаммадали Ўринбоевнинг жамоадоши билан келишиб олди — Here We Go!  2 16:10"Астон Вилла" МЮ футболчисини ижарага олмоқда  0 15:54Бруну Фернандеш 2020 йилдан бери АПЛда барча ярим ҳимоячилардан кўпроқ гол урди  1 15:29Манба: Паулу Бенту ЎФА таклифини рад этиши мумкин  33 15:01Расман: "Байер" Бундеслига 2 туридан кейин Тен Хагни ишдан бўшатди  7 14:44Алексис Санчес Ла Лигага қайтмоқда  0 14:18"Бетис" Антонининг трансферини ҳал қилди — Here We Go!  1 13:54"Арсенал" 14 йилдан бери "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этолмаяпти  0 13:2239 ёшли Жеймс Милнер АПЛ тарихига кирди  2 12:54Доннарумма "Манчестер Сити"да — Here We Go!  1 12:25"Бешиктош"га янги мураббий тайинланди  0 12:01Шотландия клуби Қозоғистон терма жамоасининг икки футболчисини кузатмоқда  1 11:37Эдерсон 13-14 млн евро эвазига "Фенербахче"га ўтмоқда — Here We Go!  3 10:45"Милан" Адриен Рабьони сотиб олади  0

Ro'ziqul Berdiev: "Raqibga jiddiy munosabatda bo'lamiz. Uchinchi Superkubokka Cheran yordam beradi" (to'liq) Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Raqibga jiddiy munosabatda bo'lamiz. Uchinchi Superkubokka Cheran yordam beradi" (to'liq)

O'zbekiston Superkubogi doirasida bo'lib o'tadigan "Nasaf" - "Andijon" uchrashuvidan avval matbuot anjumani tashkil qilindi.

Anjumanning ikkinchi qismida Qarshi jamoasi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va Husayn Norchaev ishtirok etdi.


"Xayrli kech. Ertangi o'yin ajoyib muhitda kechishini, muxlislar bilan haqiqiy bayramona o'tishini kutish mumkin. Bu Superkubok bitta o'yindan iborat. Shu bois ko'p hujum va keskin kurashlarga boy o'yin bo'ladi, shunga yarasha tayyorgarlik ko'rdik. Biz sovrinni qo'lga kiritishni juda istaymiz. Jamoani kayfiyati alo darajada",- deydi Ro'ziqul Berdiev.


"Ertangi o'yinga yaxshi o'yinga tayyorgarlik ko'rdik. Ertaga g'alaba uchun maydonga tushamiz",- deydi Husayn Norchaev.

- "Nasaf" himoyachilaridagi nostabillik sizni havotirga solmayaptimi? Eshmurodov ham, Muhammadiev ham, Golban ham kutilgan darajani ko'rsata olmayapti?


- Menimcha savol chalkash bo'ldi. Muhammadievning o'yini, tajribasi haqida avval ham aytgandim. U yosh futbolchilardan ham tez yuguradi. Biz Superkubok arafasidamiz. Jamoamiz turnir jadvalida birinchi o'rinda ketmoqda. Har bir jamoada kamchiliklar bo'lib turadi. Agarda himoyada muammolar bo'lganida bunday natijalar kuzatilmasdi. Kamchiliklarimiz bor. Yigitlarning himoyada ko'rsatayotgan o'yini bizni qoniqtirmoqda.


- Bosh murabbiy sifatida Maksim Shackixga yutqazmagansiz. Bu ruhiy tomonlama ustunlik beradimi?


- Bu albatta statistika. O'tgan yili ham aytgandim. "Paxtakor"da ishlagan vaqtida yaxshi natijalar qayd etganmiz. Lekin ertangi o'yin boshqa darajada bo'ladi. Maksim boshqa jamoa bilan qatnashyapti. Statistikani yaxshilashga harakat qilamiz. Men uchun jamoam yutug'i birinchi o'rinda turadi. Bunday o'yinga jiddiy yondoshamiz. 


- "Nasaf"ning ertangi g'alabasi kubokni tark etganini yuvadi desak bo'ladimi?


- O'tgan yilgi natijalar takrorlanayotgandek. Kubokni erta tark etgandik va qaysidir bosqichda yomon o'yin ko'rsatgandik. Yakunda Superkubokni qo'lga kiritganmiz. Ortga qarash kerak emas. Oldinga intilish kerak. Oldimizda chempionat, Superkubok bor. Kubokdagi holat bizga tasir qilmaydi. Kubokning oxirgi o'yinida bizning asosiy maqsadimiz boshqa ekanligini aytganman. 


- Oxirgi 3 ta o'yinda Sherzod Nasrullaev zaxirada qolib ketmoqda. Buning sababi nimada?


- Sherzod bizning etakchi o'yinchilarimizdan biri. Qaydnomaga kirmayotgani birinchi o'rinda jarohati va betobligi sabab tarkibga jalb qilinmadi. Oxirgi o'yinlarda davolandi. Ertangi o'yinga u ham tayyorgarlik ko'ryapti. Vaziyatdan kelib chiqib uning imkoniyatlaridan foydalanishimiz mumkin. 

- Ertangi bahsda terma jamoaga chaqirilgan futbolchilarda ehtiyotkorlik asosiy planga chiqadimi?


- Bizning o'z maqsadimiz bor. Ertangi o'yinda Superkubokka etibor birinchi o'ringa chiqadi. Ular ham tushunib turibdi bu o'yin muhimligini. Yigitlar bor imkoniyatini ishga soladi.


- O'yin penaltilar seriyasigacha cho'zilsa, Nematovga o'xshagan futbolchilar yana chiqib qoladimi?


- Penalti tepishda futbolchilarimiz yana ko'paydi. O'tgan yili mahoratimizni ko'rsatganmiz. Yigitlarga ishonamiz, kechagi mashg'ulotda ham bu borada o'ziga xos musobaqa o'ynaganmiz. 


- Maksim Shackix penaltilar uchun alohida tayyorgarlik ko'rilmasligini aytdi. Bugungi mashg'ulotda qolib penaltilar seriyasiga tayyorlanasizmi?


- Bugungi mashg'ulot engil va stadionga o'rganish asosida o'tadi. Taktik va texnik, standart vaziyatlarni amalga oshirmaymiz.


- Muxlislar qo'llovi qanchalik muhim?


- "Andijon"ning kuchli tarafi muxlislarida. Qashqadaryoda ulardan kam bo'lmagan muxlislar bor. Ertaga ajoyib atmosferada to'p tepamiz. Bu har tomonlama yoqimli bo'lishi shubhasiz.


- Bitta o'yindan iborat va unda hamma narsa bo'lishi mumkin. "Andijon"ga qarshi oldindan o'ylangan chizmalar bormi? Kim maydonga tusha oladi yoki yo'q?


- To'g'ri aytdingiz, bitta o'yin bo'ladi. "Andijon" "Paxtakor", OKMK, biz bilan ham yaxshi o'yin ko'rsatdi. Raqibga jiddiy etiborda bo'lamiz. Ertaga tartibli o'ynashimiz kerak bo'ladi. Hozirda to'liq tarkib bilan hozirlik ko'rmoqdamiz. Jarohat yoki betob futbolchilar yo'q.


- "Nasaf" Superkubokda 2 bor mag'lub bo'lgan. O'shanda Cheran hal qiluvchi gol urgan. Uning jamoaga kelishi mahorat darajasini oshirdimi?


- Uni bilasizlar. Cheranni taklif qilgandayoq mahoratini chamalab bo'lganmiz. Bunday futbolchilar Superligada kam sonli. Samarqand va Yaypanda bizga gol urgandi. Undan so'ng ikki bor Superkubokda g'olib chiqdik. Uchinchisiga Cheran yordam beradi. Uning yordami tegadi. Maqsadimiz shuki, u ko'p yugurishi shart emas. Lekin ko'rsatkichlari shuni aytyaptiki, 10 km oshiq yugurmoqda. O'zini tutishi, etakchilik qobiliyati bizga kerak bo'ladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика