So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  2 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Ro'ziqul Berdiev: "Paxtakor"ni chempionlik bilan tabriklaymiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Paxtakor"ni chempionlik bilan tabriklaymiz"

Superliga 24-turdan o'rin olgan "Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"CHempionni mag'lubiyatga uchratib medallarga egalik qilish ikki hissa yoqimli. Barchani g'alaba bilan tabriklayman. Futbolchilar katta mehnat qilishdi, buning uchun ularga katta rahma aytaman. O'ylaymanki, bugun o'yinda to'liq ustunlik qildik. Vaziyatlarni hisobga olsak ham bu yaqqol namoyon bo'ladi. Ushbu uchrashuvga yigitlar ruhan juda yaxshi tayyorgarlik ko'rishgandi. Medallar yutish o'z qo'limizda edi. O'tgan turdagi mag'lubiyatdan so'ng bugun muxlislarimiz ko'z o'ngida chiroyli o'yin ko'rsatishimiz kerak edi. Jamoamiz mahorat va ishtiyoq ko'rsatdi. "Paxtakor"ni chempionlik bilan tabriklaymiz. Lekin bugun biz ustunlikka ega bo'ldik.

- Agar Jizzaxda kerakli natija qayd etilganida shunday natija bo'larmidi?
- "Sug'diyona" bilan o'yindan oldin 10ta uchrashuvda mag'lub bo'lmagan edik. Nega shunday savol bermadingiz? (kuladi). Bitta mag'lubiyatga uchraganimizga darhol shu savolni berdingiz. Albatta bu hazil. Mag'lubiyatni jiddiy qabul qildik. G'alabadan xursandmiz. Mag'lubiyat bugungi o'yinga motivaciya bergan bo'lishi mumkin. Jizzaxdagi mag'lubiyatning o'ziga yarasha sabablari bor edi. Oraliqdagi katta tanaffusdan so'ng o'yin o'tkazdik. Terma jamoa futbolchilari o'yin kuni etib kelgan edi. Jarohatlar ham tasir qildi. Bu bahona emas.

- Raqib bosh murabbiyi "Nasaf"ning barcha futbolchilar yoqqanini aytdi. Bu havotirli javob emasmi?
- O'ylantirib qo'ydingiz. Rahbariyat bilan gaplashib jamoani o'zagini saqlab qolishga harakat qilamiz. Orada 1-2 yil o'tdi va yana jamoamiz shakllanib oldi. Yigitlar o'sishda davom etmoqda. O'ziga bo'lgan ishonchi ortmoqda. SHu futbolchilarni saqlab qolib yana bir nechta tajribali futbolchilarni qo'shsak katta maqsadlarni qo'ya olamiz. Hech bir futbolchida pasayish ko'rmadim.

- Moliyaviy qiyinchiliklar bartaraf etildimi?
- Qisman bartaraf etilmoqda. Bu muammo o'z echimini topadi.

- "Nasaf" yana bitta g'alaba qozonsa ikkinchi o'rinni naqd qiladi. Licenziyalash jarayoni qanday ketmoqda?
- Biz boshqatdan kerakli hujjatlarni taqdim qilishimiz kerak bo'ladi. Bu borada jamoamizga topshiriq berilgan, zarur hujjatlarni taqdim etishimiz lozim. CHunki bizda barcha sharoitlar bor. Qaerdadir etiborsizlik bo'lgan. Bu narsani o'zim ham kutmagan edim. Boisi har yili birinchilardan bo'lib licenziyalash hujjatlarini topshirar edik. Lekin bu yil etiborsizlik yuz berdi. Tasavvur qiling yosh jamoamiz OCHLda o'ynasa bu katta tajriba bo'lardi.

- Bugun uch nafar himoyachi bilan jamoangiz harakat qildi. Bu ikki o'yindan beri kuzatilmoqda. Qay darajada o'xshamoqda?
- Maydonda uchta markaziy himoyachi borligiga qaramasdan 4-3-3 sxemasida o'ynadik. Bu joylashtirishga bog'liq. Jizzaxda 3-4-3 sxemasida o'yinimiz qovushmadi. Bugun esa markaziy himoyachi rolida to'p tepadigan G'olib G'aybullaevni qanotga qo'ydik. Qanotda o'ynaydigan futbolchilarimiz jarohati sabab ayrim o'zgarishlarga qo'l urdik. Jo'rabek Mannonov bugun munosib to'p tepdi. Mashg'ulotlarimiz ko'proq kombinacion futbolga asoslangan. Yaxshi maydonda o'ynayapmiz, balki shu sababli sifatsiz maydonlarda harakatlarimiz o'xshamayotgan bo'lsa kerak."Mashal" maydonida ikki bor o'ynadik natija ijobiy bo'lmadi. Faysal Traorening bugun tug'ilgan kuni ekan. SHu sababli u bilan birga golni nishonlashdi. Oxirgi paytlarda jarohati sabab o'yinlarni o'tkazib yuborayotgan edi.



Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика