So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

Ro'ziqul Berdiev: "Paxtakor" ikki futbolchimiz uchun bir milliard so'm to'ladi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Paxtakor" ikki futbolchimiz uchun bir milliard so'm to'ladi"

"Lokomotiv" - "Nasaf" (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Himoyada qo'pol xatolarga yo'l qo'ydik va uchta gol o'tkazdik. Raqibning kuchli tomonlarini o'rganib chiqqandik. Bugun himoyadagi vazifamizni bajara olmadik. Hali kurash davom etadi, "Nasaf" o'z muxlislari qarshisida oxirigacha o'ynaydi. Urgan golimiz javob o'yinidan oldin bizga katta yordam beradi.

Zaxiradan maydonga tushgan Narzullaev Kenjaboevdan kuchliroq o'ynadi. Erkinov o'yinimizni kuchaytirdi, ammo vaziyatlardan foydalana olmadi.

Azamov va Suyunov bizning etakchilarimiz edi. Ikkala futbolchiga omad tiladik. Yangi futbolchilar jamoamiz o'yinini kuchaytirishga ishonaman.

Krasichni jamoaga qaytirishni istagandik. Ammo u Armaniston klubi bilan kelishib qo'yganini aytdi. O'zimizga munosib legioner topa olmadik. Yaxshiroq legioner esa katta pul turadi.

SHerzod Azamov va Eldorbek Suyunovning transferidan tushgan pullarni futbolchilarga oylik maoshlariga ishlatdik. Klub vakillaridan ikkala futbolchi uchun "Paxtakor" bir milliard so'm to'laganini eshitdim.

Bu yil yuqori o'rinlar uchun kurashayotgan jamoalar ko'paydi. Bu odamni quvontiradi", - deydi Ro'ziqul Berdiev.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика