Ro'ziqul Berdiev: "Neftchi" chempion bo'lsa, qahramonlarni maydondan izlash kerak emas. Mening holatimga tushib ko'rsangiz bilasiz"
27 okt 01:59
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "Neftchi" chempion bo'lsa, qahramonlarni maydondan izlash kerak emas. Mening holatimga tushib ko'rsangiz bilasiz"
"Mazmunli va kombinacion futbol o'ynaydigan jamoalar maydon holati tufayli uzun paslar orqali o'ynashga majbur bo'ldi. Kurashlarga boy bahs bo'ldi, lekin shunga qaramay ikki jamoa ham ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldi. Biz ikkinchi bo'limdagi vaziyatlarimizdan foydalana olganimizda boshqa natijaga erishgan bo'lardik", — dedi Ro'ziqul Berdiev bahs yakunlangach.
— Bugun siz tanlagan taktika qanchalik ish berdi? Golbanni hujumchi poziciyasida o'ynatish o'zini oqladimi?
— Uzun paslar orqali o'ynadik. O'tgan o'yinlarda ham Golbanni hujumga tushirgan edik. Kecha OKMK maydonida mashg'ulot o'tkazmagan edik. Stadionga kelganimizda esa faqatgina kurash bo'lishini bildik. Standart vaziyatlar va uzun paslar orqali oldinga o'tish.
— "Nasaf" ochko yo'qotgani tufayli "Neftchi" chempion bo'lib ketishi mumkin, deya taxmin qilmoqda ko'pchilik. Ushbu fikrlarga munosabat bildirib o'tsangiz va oldindagi to'rtta uchrashuvdan nimalar kutyapsiz?
— Fikrlar har doim ko'p bo'lgan, ammo barchasini mavsum yakunida bilib olamiz. "Neftchi"ni ko'p gapirishmoqda, lekin biz ham qarab turmaymiz. Biz anchadan buyon mag'lub bo'lmadik va chempionlikka loyiqmiz. "Neftchi"ning qanchalik harakat qilayotganini sizlar OAV vakillari ham bilib turibsizlar. "Neftchi" ushbu vazifani amalga oshirsa, ortdagi insonlar qahramon bo'ladi, shekilli. Menimcha, gapimni tushundingiz. Agar "Neftchi" chempion bo'lsa, qahramonlarni maydondan izlash kerak emas. Ular maydon ortida bo'ladi. Bu mening fikrim.
— "Nasaf" ikki yildan buyon xalqaro maydonda yaxshi o'ynay olmayapti. Bu haftadagi o'yinda ham jamoa asosiy tarkib futbolchilaridan foydalanmadi. Bu qanchalik to'g'ri? "Nasaf" bu yil ham chempion bo'lsa, keyingi mavsumda ham OCHLni qurbon qilaveradimi? Bunday yondashuv qanchalik to'g'ri?
— Biz sekin-astalik bilan tajriba to'plab borayapmiz. O'tgan mavsumda o'z oldimizga chempionlikni asosiy vazifa etib qo'ygandik. Hozir biz uchun dars bo'lmoqda. Ikki musobaqada ham yaxshi ishtirok etish uchun teng kuchli ikkita tarkibga ega bo'lishingiz kerak ekan. Bu bizning futbolimiz uchun yangi dars. Mening holatimga tushib ko'rsangiz bilasiz. Men kecha "Shabab Al Ahli"ga qarshi o'ynayapman, ammo xayollarim ko'proq bugungi o'yin haqida edi. Kimdirga dam berishim kerak edi, agar bor tarkibdan foydalanganimda, bugun biz bor-yo'g'i 20 daqiqa futbol o'ynagan bo'lardik. Shu sababli qiyinchiliklar bo'lmoqda. Barchaga ayon, biz ko'proq etiborni chempionatga qaratyapmiz.
— To'g'ri, Osiyoning eng kuchli klublariga qarshi tarkib jihatidan tenglashib bo'lmaydi, lekin "Nasaf" o'z tarkibini kuchaytirish uchun yana nimalar qilishi kerak? Transferlarni yaxshilash kerakdir? Yangi transferlar Vorobey kabi o'yin amaliyotisiz qolib ketayotgan futbolchilar bo'lishi kerak emas-ku. "Nasaf" o'z tarkibini qanday kuchaytirishi mumkin?
— Biz Vorobeyga qachondir imkoniyat berishimiz kerak edi va o'sha kuni imkoniyat berib, uning nimaga qodir ekanligini bilib oldik. Biz ushbu musobaqada ko'p xato qilyapmiz, ammo Elit Liganing darajasini o'zingiz ham ko'rib turibsiz. Qaysidir o'zbek jamoasi Elit OCHLda o'ynamoqchi bo'lsa kattaroq byudjetga ega bo'lishi kerak va o'sha darajadagi o'yinchilar olib kelinishi kerak. Bu siz iloji yo'q.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Нефтчи" Ғузорда ишончли ғалабага эришди
Fikrlar
Эркак ютқазишниям билиш керак! Хуллас ким кучли бўлса ўша чемпион бўлсин! (Лекин Насафдек латта чайнарлар эмас) ПАХТАКОР МУХЛИСИ
Nima dedilar
Яхши инсон деб ҳурмат қилардим лекин шу одамни.