So’nggi yangiliklar

10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14

Ro'ziqul Berdiev: "Navbahor" darvozabonining ishonchli harakati mag'lubiyatimizga sabab bo'ldi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Navbahor" darvozabonining ishonchli harakati mag'lubiyatimizga sabab bo'ldi"

O'zbekiston kubogi 1-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Navbahor" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Qiyin o'yin o'tkazdik. Igor Golbanning kutilmaganda olgan jarohati rejalarimizni o'zgartirib yubordi. Uning o'rnini to'ldirish uchun G'olib G'aybullaevni himoya markaziga o'tkazdik. Yigitlar harakat qilishdi. "Navbahor" darvozabonining ishonchli harakati mag'lubiyatimizga sabab bo'ldi.

- Igor Golbanning holati qanday?

- Mushaklarini tortib olgan deyishdi. Tibbiy ko'rikdan so'ng vaziyatini bilib olamiz.

- Bu guruh chindan "o'lim guruhi" maqomiga mos kelayapti. "Nasaf" Superliga, OCHL va kubok uchrashuvlarida ishtirok etish qiyinchilik tug'dirmaydimi?

- Hozircha qiyinchilik tug'dirmayapti. Bir hafta bitta o'yin o'tkpzayapmiz. SHu bois har bir uchrashuvga jiddiy hozirlik ko'rayapmiz. Bu guruhning har bir vakili finalgacha bora oladigan salohiyatga ega. Balki guruhning ikki jamoasi finalda ham to'qnash kelishi mumkin.



- Igor Golban jarohat olgan vaziyatda Jambuli Jigauri ham almashtirildi. Buning sababi nima?

- Golban almashtirilganidan so'ng taktik o'zgarishlarni amalga oshirdik. G'olib G'aybullaev himoya markaziga o'tdi. Mozgovoy ham himoya chizig'iga yordam berdi. Jigaurini taktik o'zgarish sabab zaxiraga olishga majbur bo'ldik.

- Sizningcha, "Navbahor"ning ayni damdagi tarkibi kuchlimi yoki Samvel Babayanmi?

- Jamoaga umumiy tarif berishim mumkin. Kimningdir shaxsiyati haqida fikr bildirish noto'g'ri bo'ladi. "Navbahor" hozir yurtimizdagi eng kuchli jamoalardan biri. Tarkib ham, murabbiylar shtabi ham buni yaqqol ko'rsatib turibdi.




Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика