So’nggi yangiliklar

22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  6 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  2 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  9 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  3 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5

Ro'ziqul Berdiev: "Nasrullaev o'ynamadi, shu bois Bozorov ham maydonda "yo'q" edi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Nasrullaev o'ynamadi, shu bois Bozorov ham maydonda "yo'q" edi"

Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Nasaf" uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.





Futbolda natija birinchi o'rinda turadi. "Lokomotiv"ni haqli g'alaba bilan tabriklayman. Ularning bugungi bahs uchun rejasi amalga oshdi, "Lokomotiv" himoyada yaxshi o'ynab, qarshi hujumda bizni jazolashga urindi va bunga erishdi. Biz esa himoyada qo'pol xatolar qildik. Oxirgi o'yinlarda Amonov ko'p gol urayotgani va yaxshi formada ekanini takidlagandik. To'pni har qancha nazorat qilmaylik futbolda birinchi o'rinda natija turadi", - dedi Ro'ziqul Berdiev. 

- "Nasaf" futbolchilari davralar oralig'ida haddan ziyod yuklama olgandek ko'rindi...
- Bu albatta sizning fikringiz, ammo so'nggi daqiqalarda ham futbolchilarimiz raqibdan ko'proq yugurayotgandi. Oldingi o'yindan farqi tarkibimizdagi yo'qotishlar bo'ldi. CHap qanot himoyachimiz SHerzod Nasrullaev o'ynamadi, shu bois Bozorov ham maydonda "yo'q" edi. Saitov har qancha chap qanotda o'ynashga urinsa ham, u baribir o'ng qanot himoyachisi. Akmal Mozgovoyning ham maydon markazidagi o'rni bilindi.

- O'yindan oldin Abduxoliqov va Bikmaevning maydonga tushmasligi xabar berildi. Bu sizning rejalaringizga tasir qildimi?
- Temurxo'ja maydonga tushganida uning uchun alohida rejamiz bor edi, ammo Amonov so'nggi o'yinlarda samarali harakatni ko'proq amalga oshirayotganini bilardik. Bugun ikkala golda ham qo'pol xatoga yo'l qo'ydik. Ikkinchi golda 3-4 himoyachimiz bor edi, ammo Azizbek ulardan qochib ketdi. Temurxo'janing qanchalik mahoratli ekanini bilamiz, biroq Amonovning ham oxirgi o'yinlardagi harakatlari yaxshi chiqmoqda.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика