So’nggi yangiliklar

10:10“Барселона“ йирик трансферни амалга оширишга яқин  1 09:43“Ювентус“ “Адидас“ билан янги шартнома имзолади. Келишув суммаси маълум  0 09:18Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита чорак финалчилар аниқланади  2 08:47Саудия Арабистоннинг бир йўлла учта жамоаси АПЛ юлдузига таклиф билан чиқишди  1 08:40КЖЧ. 39 ёшли Серхио Рамос "Интер" дарвозасига гол урди  0 08:20МЮ “Барселона“га супер таклиф билан чиқди  6 07:52Шомуродовга қизиққан МЛС жамоаси маълум  15 07:25Ҳусанов тарихга кириши мумкин! Бугун “Манчестер Сити“ клублар ўртасидаги юришини бошлайди  8 06:50КЖЧ. "Урава Ред" сардори "Ривер Плейт" футболчиларига нисбатан ҳурматсизлик қилди  0 02:39Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Боливияга ютқазди  18 00:34Месси Баджодан Италиянинг 1994-йилги ЖЧ либосини совға сифатида олди  7 23:59Мбаппе иситма туфайли "Реал" машғулотида қатнашмаяпти. Эртага "Ал-Ҳилол" билан ўйин  1 23:39Доннарумма FourFourTwo талқинига кўра дунёнинг энг яхши дарвозабони  3 23:04КЖЧ. Танташев бошқарган ўйинда "Боруссия Д" ва "Флуминенсе" дуранг қайд этишди  1 22:48Хвича Кварацхелия: "Менга Роналдунинг ўйини ёқади, лекин Месси бошқа сайёрадан"  12

Ro'ziqul Berdiev: "Muxlislar bizdan mo'jiza kutishgandi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Muxlislar bizdan mo'jiza kutishgandi"

"Nasaf" matbuot xizmati uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida Ro'ziqul Berdiev tomonidan bildirilgan fikrlarni chop etdi.

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev "Bunyodkor"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng jamoa Superligada "kuchli oltilik"ka kirish maqsadiga erisha olmaganini qayd etib o'tdi.

- "Bugungi uchrashuvda kuchli jamoa g'alaba qozondi. “Bunyodkor” bizga nisbatan ancha kuchli o'yin ko'rsatdi va xaqli g'alabaga erishdi. Agar penaltidan foydalanganimizda, balki o'yinni o'z tarafamizga og'dirgan bo'lardik. Afsuski, bu amalga oshmadi. Qizil kartochka ham o'z tasirini ko'rsatmay qolmadi. SHuningdek, G'olib G'aybullaevning boshidan olgan jarohati tufayli majburiy o'zgarishni amalga oshirishga to'g'ri keldi. "Bunyodkor" yaratilgan vaziyatlarini golga aylantira olgani ularga qo'l keldi. Afsuski, maqsadimiz bo'lgan "kuchli oltitalik"ka kirishni uddalay olmadik. Biz ham, muxlislarimiz ham bunday holatlarga tayyor bo'lishlari lozim. Tarkibimizdagi etakchilar jamoani tark etgani o'z so'zini aytmasdan qolmadi. Hozirgi mavjud tarkibimizdan mo'jiza kutishdi, ammo buni amalga oshirish nihoyatda qiyin ish edi. Uchrashuvlarda ko'plab vaziyatlar yaratilmoqda, imkoniyatga ega bo'lyapmiz, ammo ularni golga aylantirishda tajriba etishmayotganligi pand bermoqda. Hozirgi "Nasaf"ning yoshlari uchun bu kabi o'yinlar katta tajriba maktabi bo'lishi aniq. "Nasaf" yoshlarining kelajagi porloq", - deya o'z fikrlarini bildirib o'tgan Ro'ziqul Berdiev.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика