So’nggi yangiliklar

22:40Мексикадаги матбуот анжуманида бутун жамоа иштирок этиб, мухлислардан узр сўради  0 22:23Клублар миқёсида халқаро турнирларда энг кўп “қуруқ” ўйин ўтказган дарвозабонлар маълум бўлди  0 22:06Роналду Саудия Арабистони чемпионатидаги энг омадсиз ҳужумчи бўлиб турибди  6 21:49Уругвай термаси техник ҳамкорсиз қолди, жамоа брендсиз либосларда ўйнамоқда  1 21:26Суперлига. "Динамо" — "Металлург" 2:1. Highlights  0 21:07"Бухоро" ва "Хоразм" ўртасидаги марказий учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 20:57Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўйинда Қирғиз Республикасини мағлуб этди  0 20:56Суперлига. "Динамо" "Металлург" устидан мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  24 20:32Дунёнинг етакчи лигалари ФИФАни судга бермоқчи  3 20:15"Локомотив" "SWM Motors" билан ҳамкорлик шартномаси имзолади  0 20:00Руслан Аҳмедов: "Биз натижа учун ўйнаяпмиз. Чиройли ўйин иккинчи даражали"  0 19:50Улуғбек Бақоев: "Футболда шунақаси ҳам бўлиб туради"  12 19:33Кварацхелия "Наполи"дан кетмоқчи эмас  2 19:11"Арсенал" Йозуа Киммихга қизиқмоқда  7 18:15ПРО лига. Тошкентда ўтган "Бухоро" - "Хоразм" учрашувида дуранг қайд этилди  14

Ro'ziqul Berdiev: “Moliyaviy muammolarni esdan chiqarib maydonga tushyapmiz” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Moliyaviy muammolarni esdan chiqarib maydonga tushyapmiz”

Superliganing 16-turi doirasida o'tkazilgan “Nasaf” va “Surxon”(5:0) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




“Muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. Uchinchi golga qadar “Surxon” jamoasiga imkoniyat bermadik. Raqib safida tajribali futbolchilar bor edi, ularga imkoniyat bermaslikka harakat qildik. Uchinchi goldan keyin ozgina bo'shashdik. O'yin davomida ustunlik biz tomonda bo'ldi, buni hisobda ham aks ettirdik. Yigitlar ko'rsatmalarimizni bajarishdi.   

“Navbahor” bilan o'yinga yaxshi tayyorlanamiz. Bugungi g'alaba ruhiy tomondan ko'tarinkilik berishi tayin. Biz har bir uchrashuvga jiddiy yondashmoqdamiz. Superligada oson o'yinning o'zi yo'q. Jamoalar bizga munosib qarshilik ko'rsatishmoqda. Yigitlardan har bir uchrashuvga jiddiy tayyorlanishni talab qilmoqdamiz. 

Marko Stanoevichning o'yinida mavsum boshiga qaraganda pasayish bo'ldi. Balki charchoq alomatidir yoki boshqa sababdanmi, bilmadim. Lekin tajribasi katta, o'yinni boshqarishga bizga yordam bermoqda. Traorega “Andijon” bilan o'yinda imkoniyat berdik. Qanot yarim himoyasida o'ynadi, lekin biz kutgan o'yinni ko'rsata olmadi. Bugun SHerzod Nasrullaev charchab qoldi, shuning uchun uni qanot himoyasida o'ynatdik. 

Moliyaviy muammolar bor, biz buni o'ylab maydonga chiqayotganimiz yo'q. Futbolchilar vaziyatni to'g'ri tushunib turishibdi. Homiylarimizga ishonamiz, tez orada muammo o'z echimini topadi degan umiddamiz. Biz o'z ishimizni to'g'ri bajarishga harakat qilyapmiz.

Oybek Bozorov “Andijon” bilan o'yinda jarohat oldi Lekin kechagi mashg'ulotlarda qatnashdi va o'ynay olishini bildirdi. O'yindan oldin jarohati baribir o'z so'zini aytdi. “Navbahor” bilan o'yinda muxlislarni xursand qilish uchun bor kuchimizni beramiz”, – deydi Ro'ziqul Berdiev.

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика