So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  8 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  26 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  102 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

Ro'ziqul Berdiev: "Metallurg" biz uchun noqulay raqibga aylanib bormoqda" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Metallurg" biz uchun noqulay raqibga aylanib bormoqda"

Oliy liganing 9-tur o'yini "Nasaf" - "Metallurg" (0:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.

"Futbolda mag'lubiyat va g'alabalar bo'lib turadi. Bugungi o'yinda imkoniyatni boy berishni kutmagandik. Lekin bugun kutilgan natijani qo'lga kirita olmadik. Tarkibdagi o'zgarishlar haqida aytadigan bo'lsam, boshqa tajribali futbolchilarga imkoniyat berdik. So'nggi yillarda "Metallurg" biz uchun noqulay raqibga aylanib bormoqda. SHohruh Gadoev "Navbahor" bilan o'yinda ham hakamga etiroz bildirgani uchun ogohlantirish olgandi. Bugun ham bu holat takrorlandi. Unga bu borada tanbeh berganmiz. Futbolchi hakamning qarorini hurmat qilishi lozim. Jamoaning ichki muhitida muammolar yo'q. Futbolchilarga OCHLdan chiqib ketganimiz qattiq tasir ko'rsatgan bo'lishi mumkin. Asosiy muammo ruhiyat bilan bog'liq deb o'ylayman. Mashg'ulotlarda vaziyatlardan foydalanish borasida ishlar olib borilmoqda. Hamma narsani omadga bog'lash ham to'g'ri emas. Lekin 2-3 metrdan gol urishni mashg'ulotlarda futbolchiga o'rgatib bo'lmaydi. Bu ko'proq ruhiyat bog'liq bo'lsa kerak ", - deya o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi Ro'ziqul Berdiev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика