So’nggi yangiliklar

21:05Суперлига. "Насаф" – "Андижон" 0:1 (матнли трансляция)  27 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  1 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  3 19:53Алаба "Реал"ни тарк этишни режалаштирмаяпти  0 19:332026/2027 йилги мавсум учун Ўзбекистонга нечта квота ажратилди?  1 19:16Шешко МЮга ўтади — Here We Go!  1 18:49"France Football" "Олтин тўп"га даъвогар 30 нафар футболчини эълон қилди: Дембеле, Хвича ва Ямаль рўйхатда  8 18:39Йилнинг энг яхши футбол клуби бўлишга даъвогар жамоалар аниқ  4 18:17Суперлига. "Қўқон-1912" - "Нефтчи" 1:2 (матнли трансляция)  15 18:12Мавсумнинг энг яхши мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум  7 17:54Йилнинг энг яхши дарвозабони номига давогарлар маълум бўлди  4 17:33Суперлига. "Навбаҳор" кетма-кет 12 та ўйиндан буён Наманганда мағлубият нималигини билмаяпти  1 17:15Футбол ҳақиқатан ҳам биринчи ўриндами?  2 17:12Копа соврининга даъвогарлар рўйхати эълон қилинди  6 16:45"Андижон"нинг словениялик легионери қаерда?  3

Ro'ziqul Berdiev: "Mashg'ulotlarni kam va qisqa o'tkazyapmiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Mashg'ulotlarni kam va qisqa o'tkazyapmiz"

"Nasaf" hamda "SHarja" o'rtasidagi OCHL guruh bosqichining 4-tur o'yinidan (1:1) so'ng mezbon jamoa ustozi Ro'ziqul Berdiev va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Mateus Lima matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

Ro'ziqul Berdiev: "Bugun maydonga g'alaba uchun chiqqan edik. Lekin raqib bir ochkoga rozi bo'lib, o'yinni cho'zishga harakat qilishdi. Afsuski, raqibning goliga bitta gol bilan javob bera oldik. Natija biz kutgandek bo'lmadi".

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Mateus Lima: "Eng yaxshi futbolchi deb topilganimdan xursandman, ammo jamoamizning natijasi bundan ustunroq. Afsuski, g'alaba qozona olmadik. Ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldik, ulardan foydalana olmadik. Keyingi bahslarda bundan ham yaxshiroq o'ynab, ijobiy natijaga erishishga harakat qilamiz. Menga ishonch bildirayotgan murabbiylar shtabiga rahmat aytaman. Bizga necha daqiqa imkon berilishidan qatiy nazar, biz o'zimizni ko'rsatishga harakat qilamiz".

- O'yin natijasiga qaysi vaziyat ko'proq tasir ko'rsatdi? Urilmagan penaltimi yoki Alibekning qizil kartochkasimi?

- Alibek ehtiyotkorroq bo'lishi kerak edi, ammo Jigauri yoki Alibekni aybdor deyishni xohlamayman. CHunki jamoda ikki kishi to'p tepmaydi va bunday o'yin birinchi marta bo'layotgani yo'q. Penaltidan unumli foydalanganimizda vaziyat boshqacha bo'lishi mumkin edi. Bugun ko'p vaziyat yarata oldik, raqib bunchalik himoyalanishini kutmagan edik. Bu tarkib bilan "SHarja" hujumkor o'yin namoyish etadi deb o'ylagandim. Aybdorni izlamaylik, vaziyat qanchalik og'ir bo'lmasin, g'alabani qo'lga kiritishga butun jamoa harakat qildik.

- "Nasaf" bugun juda kuchli jamoaga qarshi o'ynadi. Hammasi uchun tashakkur. Qarshi klubining taqvimi juda tig'iz, yigitlar qanday tiklanishyapti? "Bitta turnirni tanlashimiz kerak" degandingiz, qay birini tanladingiz?

- Aynan shu narsa boshimni og'ritmoqda. Mashg'ulotlarni kam va qisqa o'tkazyapmiz. Taqvim tig'izligi tufayli rotaciyalar amalga oshiryapmiz. Biroq himoyada bu ishlarni amalga oshirolmayapmiz. "Nasaf" mehmonda va uyda ham yuqori darajada o'yin ko'rsatmoqda.

- "Nasaf" oxirgi 3ta penaltini golga aylantira olmadi. Bu nima bilan bog'liq?

- Bu ruhiyat va mahoratga bog'liq deb o'ylayman. So'nggi urilmagan penaltilar ruhiyat bilan bog'liq. Mashg'ulotlarda musobaqalashib turamiz. Bugun Jigauriga "sen tep" demagandik, shunchaki bahsdan oldin 3 kishini - Jigauri, SHerzod va Oybekni tilga olgandik. Kim o'ziga ishonsa, o'sha zarba beradi. Jaba bugun masuliyatni o'z bo'yniga oldi. Jamoada penaltilar ijrochisi... Ko'plab yigitlar ura olishmayapti. Abduvohid Nematov? Balki.

- Raqib himoyasini yorib o'tishda Lima Kruzga nima halal berdi?

- Biz bahsga tayyorgarlik vaqtida menga raqibning kuchsiz tomonlari haqida malumot berishadi. Lekin bor etiborni shunga qarata olmaymiz. Kuchli jamoalarda himoyaga yarim himoya vakillari ham yordam beradi. Vazifamiz - raqib himoyasidagi "tirqishlar"ni topib, undan foydalanish. Raqib himoyasi zich o'ynaganda, uni yorib o'tish qiyinlashadi. Iloji boricha murabbiy ko'rsatmasini bajarishga harakat qilamiz.

- Lima kachon oyoqda kuchli zarbaga ega bo'ladi, bosh bilan yaxshi o'ynayapti.

- Man ko'p gollarimni, boshda emas, oyoqda uraman. Sizga shunday tuyulayotgandir. Biroq o'z ustimda ishlashda davom etaman.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика