Ro'ziqul Berdiev: “Mag'lubiyat ikki jamoani ham qoniqtirmaydi”
20 apr 2015 14:38
Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Mag'lubiyat ikki jamoani ham qoniqtirmaydi”
“Traktorsoziy” – “Nasaf” uchrashuvi oldi dan o'tkazilgan matbuot anjumanida dastlab “Nasaf” ustozi Ro'ziqul BERDIEV va jamoa himoyachisi Roy ROK ishtirok etishdi.
Ro'ziqul BERDIEV: - Bizni yaxshi kutib olishdi buning uchun mezbonlarga minnatdorchilik bildiraman. Ertaga mag'lubiyat har ikkala jamoaning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini yo'qqa chiqarishadi. “Traktorsoziy” - kuchli jamoa. Yaxshi murabbiyga ega. Ertangi o'yinda har ikkala jamoa faqat g'alaba uchun maydonga chiqishga majbur. Guruhimiz haqiqatan ham kuchli jamoalardan tashkil topgan va ularning har birida keyingi bosqichga chiqish imkoni bor.
Hozir “Al Ahli” (Saudiya Arabistoni) birinchi pog'onada turibdi. Hatto shu holatdayam ular guruhda qolib ketishi mumkin. Ertangi o'yin ko'p narsaga oydinlik kiritadi. “Tarktorsoziy”ga qarshi bizga oson bo'lmaydi. Bilishimizcha, stadionga 50 mingga yaqin tomoshabin kelarkan. Bu bizni tashvishga solmaydi. Barcha futbolchilarimiz maydonga tushishga tayyor.
Rok ROY: - OCHLda “Nasaf” bilan barcha o'yinlarda qatnashdim. Barcha futbolchilar ham ertangi bahsga tayyor. Ertangi o'yinda albatta g'alabaga erishib, muxlislarni xursand etamiz.
"Nasaf" matbuot xizmati

Fikrlar