So’nggi yangiliklar

08:55Дилшод Раҳматов: «Ўйиндан ўйинга кучайиб борамиз. Мақсадимиз – чемпионлик!»  0 08:31Sofascore. Элдор Шомуродовнинг кечаги ўйини неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 08:07Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:43Осиё кубоги. Бугун Кувайтга қарши майдонга тушамиз  5 07:15U-23 Осиё кубоги. Хитой - Корея Республикаси 0:2  0 07:10U-23 Осиё кубоги. БАА - Япония 0:2  0 07:05U-23 Осиё кубоги. Таиланд - Саудия Арабистони 0:5   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Тожикистон - Ироқ 2:4   0 06:55Серия А. "Кальяри" - "Ювентус" 2:2   1 06:50Саудия чемпионати. "Ал Насср" - "Ал Файҳа" 3:1   0 01:48А Серия. "Кальяри" "Ювентус"га қарши ўйинда охирги дақиқалардаги автогол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов 79-дақиқада алмаштирилди  42 01:40Каземиро: "Анчелотти МЮга ўтаётганимни билиб, йиғлаб юборганди"   4 01:15U-23 Осиё кубоги. Ироқ Тожикистонни ишончли тарзда мағлуб қилди  0 00:58Начо "Реал"га мавсум охирида жамоадан кетишини маълум қилди  7 00:40Ўзбекистон Қувайтга қарши ўйинда тўлиқ оқ либосда ҳаракат қилади  6

Ro'ziqul Berdiev: "Kuchli raqib maydonida g'alaba qozonish hamisha yoqimli" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Kuchli raqib maydonida g'alaba qozonish hamisha yoqimli"

Superliga 21-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Nasaf"(0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev fikrlarini bildirib o'tdi.





"Kuchli raqibning maydonida g'alaba qozonish hamisha yoqimli. Bugun maydonda ham kurashdik, ham futbol o'ynadik. "Metallurg" jamoasini yaxshi bilar edik, kurashuvchan yaxshi shakllangan jamoa hisoblanadi. Ko'proq uzun paslar bilan qarshi hujumlarda yaxshi o'ynaydi. Biz shunga tayyorlangandik. Himoyada ham tartibli harakat qildik. SHuning evaziga raqibga golli vaziyatlar yaratishiga imkoniyat qoldirmadik. Hujumda o'z vaziyatimizni kutdik va imkoniyatimizdan unumli foydalandik. "Metallurg" o'z uyida ko'p jamoalarni shoshirib qo'ygan holda g'alaba qozongan jamoa edi. SHuningdek raqibimiz boshqa jamoalarga qaraganda jismoniy jihatdan juda yaxshi tayyorgarlikka ega. Yigitlarga ko'proq kurashlarda yutqazmaslikni takidlagandik. Futbolchilarga rahmat aytaman. Muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun birgalikda g'alaba qozondik", - deydi Ro'ziqul Berdiev.

- Bobir Abdixoliqovning bugun zaxirada qoldirilishi o'tgan uchrashuvlardagi pasayish sababmi yoki taktika bilan bog'liqmi?

- U barcha o'yinlarni to'liq o'tkazmoqda. SHu bois toliqish bor. Bugun zaxiradan maydonga tushdi va o'yin taqdirini hal qildi.

- Dilshod Rahmatullaevni zaxiradan tushayotgani jismoniy holati pastligi sababmi yoki hozirgi tarkibga raqobatda yutqazayotganimi?

- Raqobatda yutqazyapti demagan bo'lardim. Unga imkoniyat bergan uchrashuvlarimizda o'yinidan qoniqish hosil qilganmiz. Qolaversa Akmal Mozgavoy bilan almashgan holda o'ynamoqda. Bugun Akmalga imkoniyat taqdim qildik. Dilshod Rahmatullavni esa o'yinidan ham, biz bilan birga ekanligidan ham qoniqyapmiz. 

- Akmal Mozgavoyning holati qanday?

- Jarohatini tekshitirganimizdan so'ng aniqlik kiritamiz. Hozircha muz bog'lab turibdi.

- Hakamning sizga bergan qizil kartochkasiga munosabatingiz? Bu keskin chora emasmidi? 

- Qizil kartochka to'g'ri berildi, o'sha vaziyatda o'zimni etika jihatdan noto'g'ri tutdim. Bu holat uchun uzr so'rayman. CHora ko'rilishiga qarshi emasman. 

- Bugun jamoa golga qadar yaxshi o'yin ko'rsata olmadi. Aynan goldan keyin jamoaning o'yini ochildi. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Bunga sabab taktik tarafdan desam bo'ladi. "Metallurg" jamoasi bizga qaraganda kamroq vaqt dam oldi. Bo'lim oxiriga kelib charchashini biz bilar edik. Ular tetik paytida biz himoyalanishimiz va imkoniyatimizni kutishimiz kerak edi. Ko'rgan bo'lsangiz so'nggi 20 daqiqalikda raqib charchab qoldi.

Reyting: +65   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика