So’nggi yangiliklar

19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  7 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  1 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  1 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  7 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  3

Ro'ziqul Berdiev: "Kubokni yutishimiz uchun qo'shimcha mukofot vada qilingani yo'q. Penaltilar seriyasiga tayyor edik" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Kubokni yutishimiz uchun qo'shimcha mukofot vada qilingani yo'q. Penaltilar seriyasiga tayyor edik"

"Navbahor" va "Nasaf" jamoalari o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi 1/4 final uchrashuvidan (1:2) so'ng, mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

Anchadan beri bunday ajoyib muhitda futbol o'ynamagan edik. O'yin ajoyib bo'ldi, har ikki jamoa keyingi bosqichga chiqish uchun kurashdi. Bugun ko'proq himoyalandik, 2-raqamda o'ynadik. CHunki "Navbahor" jamoasi o'z uyida ko'proq hujum uyushtirishini bilardik. Qarshi hujumda o'ynashni maqsad qilgandik. Har ikki golni shunday vaziyatlardan, raqibning xatosidan keyin urdik. Mezbonlar pozicion hujumlarga urg'u bergani bilan ularda golli vaziyatlar deyarli sodir bo'lmadi. Faqat standart vaziyatni "Navbahor" futbolchisi ajoyib tarzda bajarganini tan olish kerak. Umuman olganda, o'yin kurashlarga boy bo'ldi. G'alabaning asosiy omili maydonda kurashgan yigitlarimizning mehnatidir.

— Jamoa Superligada mavsumni yaxshi yakunlandi, kubokda ham ishtirok davom etmoqda. Jamoa OCHLda ishtirok etish uchun licenziyalash bilan bog'liq muammoni hal qilmoqdami?

Bu savolga har o'yindan keyin uyushtirilayotgan matbuot anjumanlarida javob berishga majbur bo'lyapman. Jamoa qaytadan topshirishga harakat qilyapti.

— Kubok g'olibligi qo'lga kiritilsa, jamoa qanday rag'batlantiriladi? Malibu haqidagi gap-so'zlar haqiqatmi?

Bu haqda kecha OAV orqali o'qidingiz. Bunday xabarlarga ishonmayman. Hozircha kubokni qo'lga kiritishimiz uchun hech qanday qo'shimcha mukofot vada qilingani yo'q.

— Asosiy vaqtning oxirida hisob tenglashganidan keyin penaltilar seriyasi haqida o'ylagandingizmi?

Bunga ham tayyor edik. SHuning uchun penaltini muvaffaqiyatli amalga oshiradigan o'yinchilarni charchab qolishiga qaramay, maydonda ushlab turdik.

Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика