So’nggi yangiliklar

15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  3 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  8 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6

Ro'ziqul Berdiev - Ko'rikda bo'lgan legionerlar, Murtozaev va Abduraimov masalasi hamda xorijiy yig'in haqida Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev - Ko'rikda bo'lgan legionerlar, Murtozaev va Abduraimov masalasi hamda xorijiy yig'in haqida

Xabaringiz bor, Qarshining “Nasaf” jamoasi dekabr oyida o'z qarorgohida yig'in o'tkazgandi.

Unda bir qator xorjilik futbolchilar ishtirok etganiga guvoh bo'ldik. “Ajdarlar”ning o'quv-mashg'ulot yig'inida Rossiya, Armaniston, Burkina Faso va ivuarlik futbolchilar ko'rikdan o'tishdi. Muxlislarga yaxshi malumki, “Nasaf” bungacha ko'pincha legionerlarni tanlashda adashmagan.

Bosh murabbiy Ro'ziqul Berdiev bilan suhbatlashganimizda, xorijlik futbolchilarning qay tariqa kelgani haqida aytib berdi.


- Haqiqatdan ham dekabr oyida tashkil etgan dastlabki yig'inimizda bir nechta legionerlar kelib ko'rikda bo'ldi. Ular o'z ixtiyori bilan ko'rikdan o'tish uchun kelishdi. Agarda harakatlari maqul kelsa jamoamizda olib qolish sharti bilan tashrif buyurishgan. Buning uchun ular bor imkoniyatlarini ishga solib, o'zlarini ko'rsatish uchun xarakat qilishdi. Har yili xorijlik futbolchilarni tanlashda extiyotkorroq bo'lishga urinamiz. Sababi legioner futbolchi mahalliy o'yinchilarimizdan kamida bir kalla ustun bo'lishi shart. SHuning uchun xorijliklar bo'yicha yakuniy qarorga kelishga shoshilmaymiz.

Mamlakatimizda transfer oynasi ochilgach, “Nasaf” klubining bir qator etakchi o'yinchilariga xaridorlar ko'payib ketgani to'g'risida xabarlar tarqaldi. Bu bo'yicha Ro'ziqul Sadullaevich quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.


- Ochig'ini aytganda, etakchi futbolchilarimizga boshqa klublardan qiziqishlar bo'layotgani rost. Lekin deyarli hamma futbolchilarning jamoa bilan amalda shartnomasi mavjud. SHuning uchun ularni faqat transfer qilishimiz mumkin. Bu tashkiliy masalalarni klub rahbariyati hal qiladi. Agarda rahbariyat qaysidir futbolchimizni sotish orqali jamoa hisob-raqamiga pul tushirsa bundan xafa bo'lish kerak emas. Qolgan imkoniyatimizdan kelib chiqib ishni davom ettiramiz.



“Nasaf” har yili qishda Superliganing boshqa klublaridan 2-3 nafar o'yinchini tarkibga qo'shib olib selekciyani yakunlaydi. Xo'sh, bu yil Berdiev boshqa klublardan qaysi futbolchilarni ko'z ostiga olib qo'ydi?


- Mahalliy futbolchilardan o'yinimizga mos tushayotganini ko'rib, bilib yuribmiz. Lekin bu masala rahbariyat bilan bo'ladigan suhbatdan keyin aniq bo'ladi. Balki klub rahbari oldimizga akademiya tarbiyalanuvchilari bilan ishlashni vazafa qilib belgilab berar.

2019 yilgi mavsumda “Mashal”dan ijara asosida olib kelingan Sardor Abduraimov bilan Humoyun Murtozaevni yana “gazchilar” safiga qaytishi bo'yicha xabarlar tarqaldi. Bu haqda “Nasaf” ustozidan so'raganimizda quyidagilarni bildirdi.


- Abduraimov bilan Murtozaev dekabr oyida tashkil etgan yig'inimizda ishtirok etdi. Har ikki klub rahbarlari ushbu futbolchilarning keyingi taqdiri bo'yicha muzokara o'tkazishmoqda. Murtozaev va Abduraimov yangi mavsumda ham jamoamizda qolishini istardim.

Bundan tashqari “ajdarlar” ustozi xorijda yig'in o'tkazib qaytish bo'yicha ham malumot berdi.


- 3 yanvardan Qarshida jamoani yig'amiz va tayyorgarlikka kirishiladi. Rejaga ko'ra, fevral oyida Turkiyada o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazib kelishni mo'ljallab turibmiz.

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика