Ro'ziqul Berdiev: “Kamtarona mehnatim yuksak baholanganidan xursandman”
26 avg 2017 16:31
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: “Kamtarona mehnatim yuksak baholanganidan xursandman”
Ular orasida O'zbekistonda ikki karra eng yaxshi murabbiy deb etirof etilgan “Nasaf” futbol klubi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Biz Berdievni ushbu unvon bilan tabriklab, suhbatga tortdik.
-Avvalom bor muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovichga meni kamtarona mehnatimga shunday katta baho berib unvon bilan taqdirlaganlari uchun kattadan – katta tashakkurlar izhor etaman. Bu mukofot o'zim kabi sport va futbol sohasida mehnat qilayotgan insonlarga berilgan katta etibor va sharaf deya, qabul qilaman. Yashirmayman, bu kutilmagan xursandchilikdan hayajondaman. Juda xursand bo'ldim. Bu mukofot meni yanada ko'proq mehnat qilishimga, yurtimiz shanini yanada yuksaklarga ko'tarishga undaydi, ruhlantiradi. O'zimga bildirilgan bu katta ishonchni oqlashim uchun bor kuchim va bilimimni ayamayman. O'zbek futbolining rivojiga munosib hissa qo'shish, men kabi murabbiylarning maqsadi va orzusidir.
Fikrlar