Ro'ziqul Berdiev ikkinchi bor yil murabbiyi bo'ldi
28 apr 2017 19:52
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev ikkinchi bor yil murabbiyi bo'ldi
Bugun O'FF 2016 yilning eng yaxshi murabbiyi nomini elon qildi.
Karshining "Nasaf" klubi ustozi Ro'ziqul Berdiev 2016 yil O'zbekistoning eng yaxshi murabbiyi deb tan olindi.
Berdiev faoliyatida ikkinchi bor O'zbekistonda tengsiz bo'lmoqda. 2013 yilda ham "ajdarlar" ustozi eng yaxshi bo'lgandi. Ro'ziqul Berdiev 2014 va 2015 yillarda so'rovnomada ikkinchi o'rinni band etgan.
Bu borada mutloq rekordchi Yuriy Sarkisyan hisoblanadi. "Neftchi" klubining sobiq ustozi besh bor yil murabbiyi sovriniga ega chiqqan.
Viktor Jalilov hisobida uchta, Samvel Babayan hisobida ikkita sovrin mavjud.
Fikrlar