So’nggi yangiliklar

19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  15 19:00Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  33 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  7 18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 2:1 (матнли трансляция)  7 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15

Ro'ziqul Berdiev: "Hisoblab chiqsam, beshta golga tortadigan vaziyatdan foydalana olmabmiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Hisoblab chiqsam, beshta golga tortadigan vaziyatdan foydalana olmabmiz"

Superliga 5-tur doirasidagi "Nasaf" - "Surxon" o'yinidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

— Birinchi bo'limda hisobda oldinga chiqib, ikkinchi bo'limda xotirjam harakat qilsak bo'lardi. Afsuski, vaziyatlardan foydalana olmadik, hozir hisoblab chiqsam, beshta golga tortadigan vaziyat yaratgan ekanmiz.

Ikkinchi bo'limda qizil kartochka olganimizdan uch ochkoni saqlab qolish uchun himoyaga etibor qaratishga majbur bo'ldik. Bitta vaziyatni hisobga olmasa, boshqa vaziyatlarda yigitlar himoyada yaxshi o'ynashdi.

— Sharof Muhitdinov bugun yaxshi harakat qilolmadi, bu bizni biroz hayron qoldirdi.

— Bu fikrga biroz qo'shilmagan bo'lardim, sabab Sharof gol urgan vaziyatimizda eng to'g'ri va chiroyli qarorga keldi. U o'sha vaziyatda darvoza tomon zarba bermay, Cheranga ochiq darvoza oldida imkoniyat yaratib berdi. Bilasiz, u himoyachi emas, ammo biz majburan uni ushbu poziciyada o'ynatyapmiz. Sharof oldingi o'yinda gol urdi va vaziyatlar yaratdi, bu o'yinda ham g'alabaga o'z hissasini qo'shdi. Umuman olganda, uning o'yinidan qoniqyapman.

— Oybek Bozorov chetlatilgan vaziyatni tahlil qildingizmi. Hakam u bosh qo'ydimi deb hisobladimi?

— Hakamlikka ayniqsa birinchi taymdagi epizodlarda etiroz bor. Oybek [Bozorov] chetlatilgan vaziyatda ham u negadir VARni ham eshitmadi, hammasi tez sodir bo'ldi. Unda VAR bilan muloqot qilishga imkon bor edi, ammo u tezda qaror qabul qildi, shunday ekan ushbu vaziyat bo'yicha o'z etirozimizni bildiramiz.

— Qizil kartochkadan so'ng Cheranga alohida ko'rsatma berilgan vaziyat haqida aytib bersangiz.

— Boshqa sxemaga o'tganligimiz sabab Cheranga boshqacharoq talab qo'ydik. Unga 5-3-1 sxemasida markaziy yarim himoyada o'ynashi kerakligini aytdik.

— Cheran bugun juda asabiy tarzda o'ynadi.

— Albatta, hakamning ayrim qarorlari uni ham asabiylashtirdi. Cheran juda katta ko'lamda mehnat qildi va jamoaning g'alabasiga o'z hissasini qo'shdi.

— Kolovichda jarohat sezmadingizmi?

— U bugun passivroq harakat qildi va shu sabab uni zaxiraga oldik. Ehtimol keyingi o'yinlarda boshqa o'yinchilarga imkoniyat berarmiz.

— Xebay kecha mashg'ulot o'tkazibdi. U keyingi o'yinda yordam bera oladimi?

— Keyingi o'yinda yordam bera olmaydi, sababi uni tayyorlashimiz kerak. Bizni quvontirgan narsa, uning ortiqcha vaznsiz kelgani bo'ldi, u shug'ullanib, kelibdi. Tez orada umumiy mashg'ulotlarga qaytib, o'z darajasiga qaytadi. U hozirgi vaqtda juda as qotardi, sababi Husayn [Norchaev]ni ayrim pallalarda jarohati bezovta qilyapti, bu holda rotaciyaga qo'l urardik.

— Nasrullaevni qachon ko'ramiz?

— Nasrullaev ertadan umumiy guruhdagi mashg'ulotlarga qaytadi.

— Tarixsiz kelajak yo'q deyishadi. Keling, bir tarixga qaytsak. Siz o'ynagan payti "Nasaf" stadioni Eski Shahardagi "Mehnatchi"da bo'lardi. "Paxtakor" kelganda odamlar yo'laklargacha turib olardi. Hozirda odamlar futbolga qiziqmay qo'ydimi yoki boshqa sabablar bormi?

— Bu borada fikrim bor, ammo buni o'rtoqlashmayman. O'sha paytlar ehtimol futbol yangilik bo'lardir, o'n besh ming nafar muxlis ikki soat oldin stadionni to'ldirardi. Yo'laklarga o'tirib olgan, projektorlarga chiqib olgan paytlari bo'lardi. Ehtimol kichik o'yinlar muxlislarga qiziq emasdir. Muxlislardan bizni yaxshi qo'llab-quvvatlashini xohlardik. Ularning yordami katta madad hisoblanadi.

— Birinchi bo'lim so'nggida Husayn Norchaevning o'rnida bo'lganingizda qanday zarba bergan bo'lardingiz?

— Balki yaqinroq borishi kerak edi. U ozgina shoshildi. Birga-bir vaziyatda yaxshi harakat qildi, ammo Potapovni ham etirof etish kerak.



Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика